Farğona şahridagi markaziy bozor yonida valuta ayirboşlaş bilan şuğullanuvçi guruh bor. Buni farğonaliklar yaxşi bilişadi. Bankdagi navbatlardan bezgan odamlar şu yerga borişadi va qanday qilib qopqonga tuşganlarini özlari ham sezmay qolişadi. Bu qorabozorda aldanib qolgan bir neçta hamyurtimiz boşidan ötganlarini Kun.uz'ga sözlab berdi.

Deylik, öşa qorabozordan 100 dollar maydalamoqçisiz. “Valyutçiklar” atrofingizni örab olişadi va 4-5 kişi bir bölib göyoki içki işlar xodimlari körib qolmasin qabilida sizni peraşkaxona içkarisiga olib kirişadi. Şeriklaridan biri eşik yonida qorovul vazifasida turadi. 100 dollarni 1 mln 250 mingga kelişsangiz, ular atay kelişilgan puldan 50 ming söm kam, ya’ni 1 mln 200 ming sömni qölingizga tutqazadi. Siz uni sanaysiz. Tabiiyki, 50 ming söm kam. Ularga bu haqda aytasiz.

Sarroflardan biri qölingizdan pulni olib sanaydi va haqiqatan 50 ming kamligiga iqror böladi. Sanayotgan paytda u pullar orasidan pulning yarmini ustalik bilan suğurib olib, boşqa çöntagiga yaşirgan böladi. Boşqa bir çöntagidan esa sizga 50 ming söm çiqarib beradi. Bu orada eşik yonida qorovul vazifasida turgan şeriklaridan biri: “Tezroq qoçiş kerak, melisa kelyapti”, deb qörqitadi. Tabiiyki, hamma qoçsa, siz ham qoçişga harakat qilasiz. Taşqariga çiqib sanasangiz, sizga berilgan pul 1 mln 250 ming söm emas, balki 600 ming söm çiqadi. Qaytib bozorga borsangiz, aynan öşa odamni topa olmaysiz. Topgan taqdiringizda ham, u buni tan olmasligi mumkin.

Birinçi murojaatçi:

— Adaşmasam, haftaning yakşanba kuni edi. Qarindoşim kasalxonada yotgani uçun, uning holidan xabar olmoqçi böldim. Yonimda 100 dollar bor, sömim qolmagan ekan. Farğona şahrida bozorning yonida “Ixlos” degan dökon bor. Şu dökon qarşisidagi qorabozorda dollar maydalaydi köpçilik. Buni Farğona şahrida yaşaydiganlar yaxşi biladi.

Dollarfuruşlar peraşkixona yonida ötirişadi. Ular yoniga yaqinlaşib: “Dollar maydalaşim kerak” deganimni bilaman, birdaniga oldimga uçta odam yugurib keldi. Tinçlikmi desam, ha qoğoz maydalaysizmi deyişdi. Yöq, menda bitta bor xolos desam, savdolaşişga ötişdi. Qisqasi, 1 mln 260 ming sömga kelişdik. Keyin peraşkixonaga kiradigan böldik, çunki u yerda kamera yöq. Ulardan biri zinaning pastida, eşik yonida qöriqçi vazifasida turdi.

1 mln 250 mingni qölimga tutqazişdi. Ha mayli, 10 mingga roziman dedim. Pulni sanadim. 1 mln 200 ming söm çiqdi. Kam-ku desam, bering-çi deb pulni qöliga olib sanaşga tuşdi. Sanagan vaqtda rostdan 50 ming kam çiqdi. Közimning oldida 50 mingni ustiga qöşdi va menga berdi. Keyinçalik bu hiylani tuşunib yetdim: u ataylab 50 ming söm yoki qançadir miqdor kam berar ekan, mijoz qaytarib berganida özi takroran sanab, şu paytda yarim pulni buklab yaşirar ekan. Qolganini ustiga 50 ming söm qöşib, xuddi töliq qilib berayotganday berar ekan. Öşa vaqtda ikkinçi odam röparada turib olib, sanaşimdan oldin tezroq harakat qilinglar, qölga tuşib qolmaylik deb baqirib qörqitib turardi. Ortiqça taşviş bölmasin deb, pulni olib çöntagimga tiqdim. 100 dollarni olib unga berdim.