Iqtisodiyot | 19:15 / 09.08.2023
52313
5 daqiqa o‘qiladi

Eng ko‘p moliyaviy foyda va zarar ko‘rgan davlat ishtirokidagi korxonalar ma’lum qilindi

Eng katta moliyaviy zarar bilan ishlayotgan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” birinchi bo‘ldi, kompaniya 2022 yilni 4,34 trln so‘m zarar bilan yakunlagan. O‘tgan yilda NKMK – 15,4 trln so‘m, OKMK – 6,67 trln so‘m sof foyda ko‘rgan.

Foto: Kun.uz

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy hisobotlar tahlilini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, davlat ishtirokidagi korxonalar soni 2023 yil 1 yanvar holatiga 2340 tani tashkil etib, shundan 224 tasi aksiyadorlik jamiyatlari, 1219 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyat va 897 tasi davlat unitar korxonalari hisoblanadi.

2022 yilda 1206ta korxona 41 trln 52,5 mlrd so‘m daromad olgan. Shundan eng ko‘p sof foyda ko‘rgan 30 ta davlat kompaniyalari:

1. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ – 15,4 trln so‘m;

2. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ – 6,67 trln so‘m;

3. “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ – 2,4 trln so‘m;

4. “Navoiyuran” DK – 2 trln so‘m;

5. “Navoiyazot” AJ – 1,33 trln so‘m;

6. “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ– 1,16 trln so‘m;

7. “Ipotekabank” ATIB – 1,16 trln so‘m;

8. “O‘zbekneftgaz” AJ – 1,1 trln so‘m;

9. “UZBAT” AJ – 988 mlrd so‘m;

10. “O‘zavtosanoat” AJ – 871 mlrd so‘m;

11. “Agrobank” AJ – 609 mlrd so‘m;

12. “Trastbank” AJ – 605 mlrd so‘m;

13. “O‘zsanoatqurilishbank” AJ – 589 mlrd so‘m;

14. “Ipak yo‘li” ATIB  – 470 mlrd so‘m;

15. “Qishloqqurilishbank” AJ – 437 mlrd so‘m;

16. “O‘zkimyosanoat” AJ – 434 mlrd so‘m;

17. “Uzbekistan airports” AJ – 385 mlrd so‘m;

18. “Uzbekistan airways” AJ – 54 mlrd so‘m;

19. “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ– 243 mlrd so‘m;

20. “Farg‘onaazot” AJ– 234 mlrd so‘m;

21. “Aloqabank” AJ – 228 mlrd so‘m;

22. “O‘zbektelekom” AJ – 227 mlrd so‘m;

23. “Hududgazta’minot” AJ – 202 mlrd.so‘m;

24. “Tovar xomashyo birjasi” AJ – 198 mlrd so‘m;

25. “O‘zaeronavigatsiya markazi” – 137 mlrd so‘m;

26. “O‘zdonmahsulot” AJ – 134 mlrd so‘m;

27. “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK – 118 mlrd so‘m;

28. “O‘zbekiston-Ummon” investitsiya kompaniyasi MChJ – 101 mlrd so‘m;

29. “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ – 99 mlrd so‘m;

30. “O‘zbekko‘mir” AJ – 55 mlrd so‘m.

2022 yilni 439 ta korxona umumiy hisobda 13 trln 169,8 mlrd so‘m so‘m zarar bilan yakunlagan. Ulardan eng ko‘p zarar ko‘rgan 20 tasi quyidagilar:

1. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ – 4,34 trln so‘m;

2. “Uzgastrade” AJ – 3,96 trln so‘m;

3. “O‘ztransgaz” AJ – 2,17 trln so‘m;

4. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ – 1,17 trillion so‘m;

5. “Yangi Angren IES” AJ – 237 mlrd so‘m;

6. “Angren IES” AJ – 208 mlrd so‘m;

7. “Toshshahartransxizmat” AJ  – 155 mlrd so‘m;

8. “Grand Road Tashkent” MChJ – ​​93 mlrd so‘m;

9. “Angren issiqlik energiyasi” DUK – 58 mlrd so‘m;

10. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ – 57 mlrd.so‘m;

11. “Uz-Dong Yang Company” QK – 55 mlrd so‘m;

12. “Toshkent issiqlik markazi” DUK – 52 mlrd so‘m;

13. “Oltin Kon” MChJ – 37 mlrd.so‘m;

14. “Issiqlik Manbai” DUK – 34 mlrd so‘m;

15. “Nurlikum Uzbek-French joint venture” MChJ – 29 mlrd so‘m;

16. "FK Bunyodkor" MChJ – 27 mlrd so‘m;

17. "Paxtakor futbol klubi” – 25 mlrd so‘m;

18. Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasi – 22 mlrd so‘m;

19. “O‘zagroeksportbank” AJ – 18 mlrd so‘m;

20. “O‘zsuvqurilish” AJ – 1,6 mlrd so‘m.

Mavzuga oid