Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada ijtimoiy tarmoqlardagi reklamaga qancha pul sarflagani ma'lum qilindi
Foto: Reuters /Chris Wattie
Kanada hukumati 2,5 yil ichida Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi reklamaga 24 mln dollardan ortiq mablag‘ sarfladi. Bu haqda Globe and Mail xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, davlat mablag‘larining eng ko‘p qismi Kanada turistik xizmatlar ko‘rsatuvchi korporatsiyasi tomonidan sarflangan. Idora reklamaga taxminan 9,2 mln dollar ajratgan.
O‘z navbatida, Kanada Migratsiya bo‘yicha boshqarmasi iqtisodiy migratsiyani rag‘batlantirish va viza olish uchun talablarni batafsil tushuntirishga 2 mln dollardan ortiq mablag‘ sarflagan.
Ta'kidlanishicha, hukumatning ijtimoiy tarmoqlardagi reklama uchun xarajatlari birinchi marta telereklamaga ajratilgan mablag‘lardan oshib ketdi. 2017 yilda raqamli mediadagi reklamaga barcha 54,7 foiz xarajatlarning 23,3 foizi ijtimoiy tarmoqlardagi postlarga ajratilgan.
Mavzuga oid
20:05 / 13.03.2026
Rossiyada Telegram'da reklama joylashtirish noqonuniy deb ataldi
16:09 / 28.02.2026
Chubays Kanadadan unga qo‘yilgan sanksiyani bekor qilishni so‘ramoqda
09:14 / 25.02.2026
Kanada Ukrainaga harbiy yordamni va RFga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi
08:59 / 21.02.2026