Andijonda yana «daraxtkushlik»: Asakada 10 ga yaqin ko‘p yillik daraxt kesib yuborildi - fotolar
Andijon shahar perinatal markazi hududida qimmatbaho daraxt navlari ro‘yxatiga kiritilgan 12 tup eldor qarag‘aylari noqonuniy ravishda kesilganiga ko‘p vaqt o‘tmasdan yana viloyatda daraxt kesilishi holati kuzatildi.
Bir necha yillar avval Asaka tumanida joylashgan «To‘raxon ota» choyxonasi egalari korxona faoliyatini xususiy shifoxonaga o‘zgartirib, qurilish ishlarini olib borgan. 3–4 kun muqaddam mazkur hududdagi o‘nga yaqin daraxtlar kesilgan. Daraxtlar orasida, kashtan, archa va eldor qarag‘aylari ham bo‘lgan.
Kun.uz muxbiri voqea joyiga borgan paytda eldor qarag‘ayi daraxti tanasidan qolgan shox-shabbalari yig‘ishtirilayotgan edi.
Uzaytirilgan moratoriy amal qilayotgan ayni davrida hukumat qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan daraxtlar qurilish bo‘layotgan hududda joylashganmi yoki boshqa bir sabab bilan uni kesishga zarurat tug‘ilganmi, qat’i nazar, kesishga hech qanaqasiga ruxsat berilmaydi.
Mazkur hudud Asaka tumani Sohilbo‘yi ko‘chasi bo‘lib, tumanning eng soya-salqini bor hududlardan sanaladi. Mazkur hududda ko‘p yillik, sersoya chinor daraxtlari ham bor. Ularning birortasi kesilmasdan turibdi.
Daraxt kesilishiga guvoh bo‘lganlardan biri ushbu daraxtlarni mebel ishlab chiqaruvchilar o‘zlari kelib kesib ketganini ta’kidladi. Xususiy shifoxona rahbariyati esa daraxtlarni o‘z qo‘llari bilan ekkanini iddao qildi.
Hozir mazkur holat Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish boshqarmasi tomonidan o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Andijon shahar perinatal markazi hududida qimmatbaho daraxt navlari ro‘yxatiga kiritilgan 12 tup eldor qarag‘aylari noqonuniy ravishda kesilgani bilan bog‘liq holat yuzasidan Andijon shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Viloyat perinatal markazi xodimlaridan biri esa Kun.uz muxbiri bilan suhbatda daraxtlar viloyat hokimi topshirig‘i bilan kesilganini aytgan edi.
Mavzuga oid
07:40
Ikki tumanda 966 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
22:05 / 23.11.2024
DXX raisining ishdan olinishi, Andijonda Boburga “hujum” va tugagan saylov - hafta dayjesti
22:45 / 19.11.2024
Madaniy meros agentligi Andijondagi Bobur haykalini ko‘chirish bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi
10:40 / 19.11.2024