Bir neça yillar avval Asaka tumanida joylaşgan «Töraxon ota» çoyxonasi egalari korxona faoliyatini xususiy şifoxonaga özgartirib, quriliş işlarini olib borgan. 3–4 kun muqaddam mazkur hududdagi önga yaqin daraxtlar kesilgan. Daraxtlar orasida, kaştan, arça va eldor qarağaylari ham bölgan.
Kun.uz muxbiri voqea joyiga borgan paytda eldor qarağayi daraxti tanasidan qolgan şox-şabbalari yiğiştirilayotgan edi.



Uzaytirilgan moratoriy amal qilayotgan ayni davrida hukumat qarori bilan tasdiqlangan röyxatga kiritilgan daraxtlar quriliş bölayotgan hududda joylaşganmi yoki boşqa bir sabab bilan uni kesişga zarurat tuğilganmi, qat’i nazar, kesişga heç qanaqasiga ruxsat berilmaydi.
Mazkur hudud Asaka tumani Sohilböyi köçasi bölib, tumanning eng soya-salqini bor hududlardan sanaladi. Mazkur hududda köp yillik, sersoya çinor daraxtlari ham bor. Ularning birortasi kesilmasdan turibdi.
Daraxt kesilişiga guvoh bölganlardan biri uşbu daraxtlarni mebel işlab çiqaruvçilar özlari kelib kesib ketganini ta’kidladi. Xususiy şifoxona rahbariyati esa daraxtlarni öz qöllari bilan ekkanini iddao qildi.



Hozir mazkur holat Ekologiya va atrof-muhitni himoya qiliş boşqarmasi tomonidan örganilmoqda.



Eslatib ötamiz, Andijon şahar perinatal markazi hududida qimmatbaho daraxt navlari röyxatiga kiritilgan 12 tup eldor qarağaylari noqonuniy ravişda kesilgani bilan boğliq holat yuzasidan Andijon şahar obodonlaştiriş boşqarmasi boşliğiga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi

















