Ekologiya qömitasi e’lon qilgan bayonotda perinatal markaz hududidagi daraxtlarni kesişga ruxsat sörab murojaat qilingani, lekin qonunçilikda belgilangan tartibda ekologiya organi xulosasi va ruxsatnoma olmay turib bu iş amalga oşirilgani ta’kidlanadi.
Ma’lum bölişiça, kesib taşlangan 12 tup daraxt «eldor qarağayi» bölib, u hukumat qarori bilan tasdiqlangan «Davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining röyxati»ga kiritilgan. Örganişlar davomida kesilgan eng kiçik qarağayning diametri 12 santimetrni, eng kattasiniki esa 40 santimetrni taşkil etişi aniqlangan. Ya’ni ular qurib qolmagan, gurkirab ösib turgan.

Qimmatbaho qarağaylarni kesiş natijasida ösimlik dunyosiga 100 million sömdan oşiqroq zarar yetkazilgan, mazkur huquqbuzarlik holati böyiça barça hujjatlar huquqni muhofaza qiliş organlariga taqdim etilgan.
Qömita mas’ulining tuşuntirişiça, moratoriy davrida hukumat qarori bilan tasdiqlangan röyxatga kiritilgan daraxtlar quriliş bölayotgan hududda joylaşganmi yoki boşqa biror sabab bilan uni kesişga zarurat tuğilganmi, bundan qat’i nazar, ularni kesişga heç qanaqasiga ruxsat berilmaydi, aksinça taqiqlanadi. Agar quriliş qilişga xalal beryapti deya daraxtlar kesib yuboraverilsa, moratoriyning moratoriyligi qayerda qoladi, demoqda mutasaddilar.
Şu örinda daraxtlar qirğini tungi vaqtda, ya’ni guvohlar bölmagan paytda amalga oşirilgani ham köplab savollarni tuğdirmoqda. Aftidan, bu işga boş-qoş bölganlar qilmişlarining noqonuniyligini avvalboşdan yaxşi bilişgan. Şuning uçun ham daraxtlarni kesişni tungi soat 10-11larda boşlaşgan. Katta ehtimol bilan ular bu jarayonni heç kim körib qolmasligiga umid qilişgan.

Qonunsizlik şu darajaga yetganki, daraxtlarni kesişga jalb etilgan Andijon şahar obodonlaştiriş bölimining yuk maşinasidan davlat raqam belgilari yeçib olingan










