Andijon viloyati IIB YHXB inspektori Bekzod Ğoyibnazarov avtomobilini sotuvga qöygan bir neça kişini çuv tuşirdi. U odamlarning işonçiga kirişda öz xizmat mavqeyidan foydalangan, rasmiy formada videolarga tuşib, va’dalar bergan. Serjant hali öz nomiga ötmagan maşinalarni sotib yuborib, pullarni onlayn qimorga tikkani aytilyapti.
Bekzod Ğoyibnazarov 2025 yilning 13 oktyabr kuni Gentra maşinasini sotayotgan Abdulloh Ne’matov bilan uçraşadi. Avtomobil 8 500 dollarga savdo qilinadi va xodim 20 dekabr kuni bu pulni berişini ma’lum qiladi. Lekin oradan 7 oy ötibdiki, na puldan va na maşinadan darak yöq.
Formali xodim aldamasa kerak, deya özini ovutişga harakat qilgan Abdulloh nihoyat çuv tuşganini anglab yetadi va bu haqda inspeksiya va Andijon şahar prokuraturasida xabar qiladi.

YHXB inspektori bu vaziyatdan ham çiqib ketiş yölini tutib, maşina egasidan arizasini qaytarib olişni söraydi, evaziga har oy oylik maoşidan 1 000 dollardan berib borib qarzini tölaşini va’da qiladi. Lekin bu gal ham Abdulloh Ne’matovning qöyni puç yonğoqqa tölgan edi.
Serjant Bekzod Ğoyibnazarov boşqalarning ham işonçiga kirib, pulini qölga kiritib, bermay yurgani ma’lum böldi.
“Formada s’yomkaga tuşib beraman, sotavering uka...”
Xodimning hiylasiga uçgan Abdulloh Ne’matov:
— Gentra maşinam bor edi, Andijon viloyat YHXB xodimi Bekzod Ğoyibnazarov 2025 yilning oktyabr oyida maşinani menga sotasiz, deb qöyarda qöymay iltimos qildi. Yöq, sotmayman, desam ham, “uka, formada s’yomkaga tuşib beraman”, deb turib oldi. 8 500 AQŞ dollariga savdoni pişitdik. Kelişilgan pulni 20 dekabr kuni berişi kerak edi.
Maşinaga ötirib kelişuv haqida video ham qildik. Formasiga işonib maşinani qanday qilib sotib yuborganimni özim ham bilmay qoldim. Gentra'ni kimgadir sotgan ekan. Uni sotib olgan odamning nomiga xujjatlarni ham rasmiylaştirib berdim.
Oradan 7 oy ötibdiki, puldan ham, maşinadan ham darak yöq. Bu haqda inspeksiyaga murojaat qildim, inspeksiya xizmat tekşiruv olib borib, xujjatlarni prokuraturaga çiqardi. Iş prokuraturaga çiqqandan keyin Bekzod Ğoyibnazarov: “Arizangizni qaytarib oling, har oyning 25-sanasida oyligimdan 1 000 dollardan beraman, 8 oyda qutulaman qarzimdan”, deb iltimos qildi. Köngliga qarab bu safar ham xöp, dedim. Lekin u endi telefonimni ham kötarmay qöydi.












