O‘zbekiston | 13:00 / 05.11.2025
3153
3 daqiqa o‘qiladi

Dohada o‘tkazilgan xalqaro fan olimpiadasida “Al-Jabr” maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi

Qatarning Doha shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro fan olimpiadasida “Al-Jabr” xususiy maktabi o‘quvchilari ishtirok etib, bir qator yuqori natijalarni qayd etishdi. Ular matematika, mental arifmetika va ingliz tili yo‘nalishlarida bellashdi.

Musobaqada Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Livan, Tunis, Qatar va boshqa davlatlardan kelgan 250 nafardan ortiq ishtirokchi o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi. O‘zbekiston vakillari matematika, mental arifmetika va ingliz tili yo‘nalishlarida bellashdi.

“Al-Jabr” maktabining ushbu musobaqadagi natijalari quyidagicha bo‘ldi:

· 1-o‘rin — 26 nafar;

· 2-o‘rin — 14 nafar; 

· 3-o‘rin — 11 nafar; 

· oliy daraja — 10 nafar; 

· “Super Champion” unvoni — 9 nafar.

Shuningdek, muvaffaqiyatli qatnashgan bir qator o‘quvchilar 2026 yilda Fransiyada o‘tkaziladigan xalqaro olimpiadaga yollanma qo‘lga kiritdi.

Tadbirda ishtirok etgan “Al-Jabr” maktabi direktori Matluba Karaxo‘jayeva quyidagilarni ta’kidladi:

“Al-Jabr” maktabi o‘quvchilari so‘nggi yillarda Qozog‘iston, BAA va Qatardagi xalqaro olimpiadalarda ishtirok etib kelmoqda. Bu safar ham bolalarimiz munosib natija ko‘rsatishdi. Eng muhimi — ko‘plab o‘quvchilar Fransiyada bo‘ladigan keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. Bu tajriba kelajakda ularga katta foyda beradi, deb ishonamiz”.

O‘quvchilarni Toshkent xalqaro aeroportida ularni ota-onalari va ustozlari kutib oldi.

“Al-Jabr” xususiy maktabida o‘quvchilarga nafaqat nazariy, balki amaliyotga qaratilgan kasbiy ta’lim ham beriladi, bu esa ularning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlarini ta’minlaydi. Bu keng ko‘lamli tajriba hamda O‘zbekistonning xalqaro ta’limdagi ulushini yanada oshirishga hissa qo‘shayotgan muhim qadam hisoblanadi.

Telefon: +99855 500 8485

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: forms.amocrm.ru/rwrcmtd

Instagram: instagram.com/al_jabruz/

Telegram: t.me/aljabrmaktabi

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid