Ma’lumotlarga köra, joriy yilda Özbekiston terma jamoasi nufuzli va xalqaro mintaqaviy fan olimpiadalarida eng yaxşi natijani qayd etdi. Xususan, xalqaro kimyo olimpiadasida 2 ta oltin medal qölga kiritilgani, xalqaro informatika olimpiadasida esa mamlakat tarixida ilk bor kumuş medal olingani aytilmoqda.

Yangi rağbatlantiriş tizimiga muvofiq, 2025 yil avgust oyidan boşlab nufuzli fan olimpiadalarida oltin medalga sazovor bölgan öquvçilar 1 030 000 000 söm bilan taqdirlanadi. Şuningdek, mazkur olimpiadalarda oltin olgan har bir öquvçi uçun uning ustozi 185 400 000 söm mukofot puli olişi közda tutilgan.

Şu bilan birga, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati olimpiada ğoliblari, ularning ustozlari hamda ota-onalarining fikrlarini qamrab olgan lavha tayyorlagan.