Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga xorijda ishlab chiqarilgan mashinalarni import qilish hajmi ma'lum bo‘ldi
Aniq sohalar uchun maxsus mo‘ljallangan mashinalarga 1,2 mlrd dollar sarflangan. Avtomobillarning ehtiyot qismlari uchun 608,9 dollar to‘langan.
Davlat statistika qo‘mitasi yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga import qilingan mashinalar va transport asbob-uskunalari to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, aniq sohalar uchun maxsus mo‘ljallangan mashinalarga 1,2 mlrd dollar sarflangan. Avtomobillarning ehtiyot qismlari uchun 608,9 mln dollar to‘langan.
Shuningdek, avtomobillar, asosan yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan avtoulovlar (10 va undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan transport vositalaridan tashqari) 332,5 mln dollarga tushgan. Sanoat uchun maxsus bo‘lmagan mashinalar va ularning detallariga 1 mlrd dollar sarflangan.
Elektr aloqasi, ovozni yozish va eshittirish apparaturalari va uskunalariga 426,8 mln dollar ketgan bo‘lsa, elektr mashinalari, apparatlar, asboblar va ularning ehtiyot qismlari 329,4 mln dollarga tushgan.
Mavzuga oid
15:05 / 11.05.2026
O‘zbekistonga mol go‘shti importi qisqara boshladi. Narxlar ham oshgan
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
10:44 / 25.04.2026