Jamiyat | 14:17 / 01.06.2021
2775
1 daqiqa o‘qiladi

Eng ko‘p moddiy madaniy meros obektlari Samarqand viloyatida ekanligi ma'lum qilindi

O‘zbekistonda eng ko‘p moddiy madaniy meros obektlari Samarqand viloyatida joylashgan. Bu haqda viloyat statistika boshqarmasi axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 8 208 ta moddiy madaniy meros obektlari bor. Viloyatlar orasida Samarqand birinchi o‘rinda joylashgan bo‘lib, 1 607 ta moddiy madaniy meros obektlari mavjud.

Hududlar kesimida:

  • Samarqand viloyatida – 1 607 ta;
  • Qashqadaryo viloyatida – 1 468 ta;
  • Buxoro viloyatida – 829 ta;
  • Toshkent viloyatida – 828 ta;
  • Surxondaryo viloyatida – 561 ta;
  • Navoiy viloyatida – 437 ta;
  • Jizzax viloyatida – 427 ta;
  • Andijon viloyatida – 422 ta;
  • Farg‘ona viloyatida – 376 ta;
  • Toshkent shahrida – 354 ta;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 288 ta;
  • Namangan viloyatida – 274 ta;
  • Xorazm viloyatida – 259 ta;
  • Sirdaryo viloyatida – 78 ta moddiy madaniy obektlari bor.
Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid