Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«HUMO VIZA» markazi rahbari va ish boshqaruvchisi qamoqqa olindi
Samarqandda fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilib, ulardan yirik miqdorda pullarni yig‘ib olgan, ammo viza va ish masalalarini hal qilib bermasdan, pullarini ham qaytarmay yurgan firmalar rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Kun.uz’ga Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ma’lum qildi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b», «v» bandlari bilan jinoyat ishi ochilgan.
Tergov doirasida «HUMO VIZA» MChJ hamda «HUMO GROUP NVV» MChJ direktori va ish boshqaruvchisiga (ularning nomida ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanadigan bir necha firmalar bo‘lgan – tahr.) nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Hozirda Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Kun.uz Samarqandda xorijga ishga jo‘natishni va’da qilgan «HUMO GROUP CORPARATION» va «HUMO GROUP CENTRAL» ofislari oldida yuzlab fuqarolar to‘plangani haqida surishtiruv e’lon qilgandi. Murojaatchilar shartnomada ko‘rsatilgan muddatlar o‘tib ketgan bo‘lsa-da, na ishga jo‘natilgani va na to‘lagan mablag‘lari qaytarib berilgani ma’lum bo‘lgandi.
Jabrlanuvchilar orasida Xorazm, Surxondaryo, Sirdaryo va boshqa hududlardan kelgan fuqarolar ham bo‘lib, ayrimlar xorijga ketish umidida qarz olib to‘lov qilganini aytishgan.
Mavzuga oid
11:20
Maqsad pulni aylantirish(mi?) – samarqandcha "xorijda ish" sxemasidan odamlar jabrlanmoqda
09:52 / 17.05.2026
“2 kishiga 165 mln so‘m” – Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh qilindi
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
08:47 / 16.05.2026