Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq hududlarini rivojlantirishda davlat boshqaruvi tizimi isloh qilinadi
Foto: KUN.UZ
O‘zbekistonda qishloq hududlarini rivojlantirish sohasida davlat boshqaruvi tizimi isloh qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da aytilgan.
Xususan, bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
qishloq joylarini rivojlantirish uchun hududlarning talablarini to‘liq o‘rganish;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga mas'ul bo‘lgan qishloq hududlarini rivojlantirish bo‘yicha idoralararo kengash tuzish;
Qishloq xo‘jaligi vazirligida ixtisoslashgan boshqarma tashkil etish;
qishloq mahallalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ularning manfaatlarini himoya qilish hamda qarorlar qabul qilishni nomarkazlashtirish maqsadida normativ-huquqiy asoslarni takomillashtirish;
noqishloq xo‘jaligi korxonalarini tashkil etish va rivojlantirish, mahalla fuqarolar yig‘inlarining mavjud imkoniyatlarini safarbar qilish hamda mahalla fuqarolari, agrar tadbirkorlik, fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlari o‘rtasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun grant mablag‘lari hisobiga qo‘llab-quvvatlash va investitsiyalarni jalb etishning quyidagilarga yo‘naltirilgan shaffof mexanizmini ishlab chiqish va tajriba tariqasida amalga oshirish:
- manfaatdor tomonlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
- qishloq joylarini rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish;
- tajriba tashabbuslarini ishlab chiqish va amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash;
- respublika, hududiy va mahalliy darajada institutsional salohiyatni oshirish;
- qishloq hududlarini rivojlantirish sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash.
Shuningdek, to‘plangan tajriba va ma'lumotlar asosida qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish va turmush darajasini oshirish maqsadida qishloq tumanlarini rivojlantirishning milliy dasturi ishlab chiqiladi va qabul qilinadi.
Mavzuga oid
20:32 / 12.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida yagona markazlashgan tizim yaratiladi
10:45 / 12.05.2026
Fermerlar uchun dizel yonilg‘isi bo‘yicha subsidiya joriy etildi
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
16:52 / 02.01.2026