Jahon | 20:20 / 23.03.2024
30854
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi teraktdan keyin migrantlar yashaydigan yotoqxonalarda reydlar o‘tkazildi

Politsiya xorijlik migrantlarda qurol bor-yo‘qligini tekshirmoqda.

Moskvadagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalidagi teraktdan keyin migrantlar istiqomat qiladigan yotoqxonalarda ommaviy reydlar boshlandi. Bu haqda «112» telegram-kanali xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, Tverskoy tumani Minayevskiy ko‘chasidagi yotoqxona yonida politsiya va mahbuslar uchun mo‘ljallangan maxsus mashinalar yig‘ilgan. Xavfsizlik kuchlari xorijlik migrantlarda qurol bor-yo‘qligini tekshirmoqda.

Foto: Telegram / ENews112
Foto: Telegram / ENews112

Shu bilan birga, yo‘ldagi avtomobillar ustidan nazorat ham kuchaytirilgan. Guvohlarning qayd etishicha, politsiya vakillari allaqachon bir guruh migrantlarni hibsga olgan.

Avvalroq, «Krokus Siti Xoll» konsert zaliga hujum uyushtirganlar asli Tojikiston fuqarolari ekani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. «112» manbasiga ko‘ra, gumonlanuvchilar qo‘shni davlatlardan bo‘lib, Rossiya pasportini olgan. Keyinroq, Rossiya IIV gumondorlarning barchasi xorij davlati fuqarolari ekanini ma’lum qildi.

Mavzuga oid