Moskvadagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalidagi teraktdan keyin migrantlar istiqomat qiladigan yotoqxonalarda ommaviy reydlar boşlandi. Bu haqda «112» telegram-kanali xabar berdi.
Manbalarga köra, Tverskoy tumani Minayevskiy köçasidagi yotoqxona yonida politsiya va mahbuslar uçun möljallangan maxsus maşinalar yiğilgan. Xavfsizlik kuçlari xorijlik migrantlarda qurol bor-yöqligini tekşirmoqda.


Şu bilan birga, yöldagi avtomobillar ustidan nazorat ham kuçaytirilgan. Guvohlarning qayd etişiça, politsiya vakillari allaqaçon bir guruh migrantlarni hibsga olgan.
Avvalroq, «Krokus Siti Xoll» konsert zaliga hujum uyuştirganlar asli Tojikiston fuqarolari ekani haqida ma’lumotlar paydo bölgan edi. «112» manbasiga köra, gumonlanuvçilar qöşni davlatlardan bölib, Rossiya pasportini olgan. Keyinroq, Rossiya IIV gumondorlarning barçasi xorij davlati fuqarolari ekanini ma’lum qildi.













