Pokiston armiyasi 22 fevralga ötar keçasi Afğoniston böylab yöllagan aviazarbalar oqibatida önlab kişilar halok bölgan va yaralangan, raketa zarbalari ostida qolganlar orasida ayollar va bolalar ham bor.
Afğoniston mudofaa vazirligi xabariga köra, Nangarxar va Paktika viloyatlaridagi tinç aholi yaşovçi hududlar zarbaga uçragan. Toliblar bu hujumni «Afğonistonning hududiy yaxlitligi va xalqaro huquqning qöpol ravişda buzilişi» deb atadi.
Nangarxar viloyati rasmiysi BBC muxbiriga aytişiça, zarbalardan biri Şahobiddin ismli şaxsning uyiga berilgan, natijada uning oila a’zolaridan 20 ga yaqin kişi, jumladan, ayollar va bolalar halok bölgan.
Rasmiy Islomobod esa jangarilarning Pokiston va Afğoniston çegarasi böylab joylaşgan lagerlari va boşpanalari öqqa tutilganini ma’lum qilgan.
Pokiston Axborot va teleradioeşittiriş vazirligi bayonotida aytilişiça, mamlakatda taqiqlangan «Tahriq-i-Tolibon Pokiston» va «IŞID Xuroson» guruhlari, şuningdek, ularning bölimlari jangarilari hujum nişonlari bölgan.
Vazirlik bu zarbalar fevral oyida Pokiston hududlarida, jumladan poytaxt Islomobodda sodir etilgan teraktlar uçun mas’ul bölgan hamda Afğoniston hududida yaşiringan guruhlar uçun «jazo» ekanini qayd etgan.
Mahalliy manbalarga köra, 22 fevral tongida «Tolibon» Pokiston bilan çegaraga qöşimça kuçlarni yubormoqda, xususan, Torkxam çegara-nazorat ötkaziş punktiga 40 avtomobil va 250 harbiydan iborat dastlabki guruh yetib borgan.












