Norvegiya politsiyasi Oslodagi AQŞ elçixonasi kiriş qismi yonidagi portlaşga aloqadorlikda gumon qilinayotgan uç nafar aka-ukaning qölga olingani haqida xabar qildi. Qölga olinganlar — yoşi 20 dan 29 gaça bölgan, asli iroqlik Norvegiya fuqarolari bölib, ular avval politsiyaga ma’lum bölmagan, dedi Oslodagi huquqni muhofaza qiluvçi organlar 11 mart, çorşanba kuni.
Aka-ukalar terrorçilik harakatini sodir etganlikda gumon qilinmoqda, dedi boş tergovçi Kristian Xatlo. Tergov fikriça, ular odamlarni öldiriş yoki katta miqdorda zarar yetkaziş maqsadida kuçli portlovçi qurilmani işga tuşirgan.
“Biz hali ham bir neçta gipotezani körib çiqyapmiz. Ulardan biri — tanlangan nişon sababli bu davlat tuzilmasi tomonidan berilgan buyruq bölişi mumkinmi, degan masala”, dedi Xatlo. U, şuningdek, yana qöşimça qölga olişlar bölişi mumkinligini ham istisno qilmadi. Norvegiya politsiyasi boşqalar qatorida AQŞning FTB idorasi va Interpol bilan hamkorlik qilmoqda, deb xabar berdi Norvegiyaning NRK mediakompaniyasi.
Norvegiyadagi AQŞ elçixonasi konsullik bölimi kiriş joylaridan biri yonidagi portlaş 8 martga ötar keçasi sodir bölgan, heç kim jabrlanmagan. Politsiya portlaş sabablari haqida tafsilot bermadi, faqat “portlovçi qurilma” işlatilganini ma’lum qildi. AFP agentligi qayd etişiça, konsullik bölimi kiriş qismi oldidagi qor ustida şişa bölaklari köringan, qalin şişa eşikda yoriqlar paydo bölgan, simlarda osilib turgan çiroqlar va eşik tagida yer ustida, ehtimol, portlaşdan qolgan qora izlar ham kuzatilgan.












