Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda tashqi bozorlarga “Aysberg” eksport qilish boshlandi
Foto: Linkedin.com
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi “Chiroqchi agro meva ta'minot” mas'uliyati cheklangan jamiyati joriy yildan e'tiboran karamdoshlar oilasiga mansub salat barglarini tashqi bozorga yetkazib berishni boshladi. Ushbu mahsulot dunyoning ko‘plab mamlakatlarida “Aysberg” nomi bilan mashhur. Bu haqda Kun.uz’ga “Qashqadaryo” gazetasi muxbiri Mirzohid Jo‘rayev xabar bermoqda.
Joriy yilning 1 may holatida mazkur korxona chet ellik hamkorlariga 100 ming AQSh dollardan ko‘p salat barglarini yuborgan. Ayni damda ham mashinalarga yuklangan mahsulotlar manzilga peshma-pesh jo‘natilmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, “Aysberg”, boshqacha aytganda “Muz qoya” salat bargi suvli va qarsilloq ta'mga ega o‘simlik. Odatda ushbu salat barglari oddiy oq karamga juda o‘xshash. Bir bosh salat bargi o‘rtacha 300-400 grammni tashkil qiladi. “Aysberg” salat bargida yetarlicha foliy kislotasi, C, B, K va A vitaminlari va xolin moddasi mavjud. Bundan tashqari, u fosfor, kaliy, natriy, magniy, kaltsiy va misga boy. “Aysberg” salat bargi organizmda moddalar almashinuvini yaxshilash, metabolizmni tartibga solish, qon tarkibini me'yorlashtirishda yordam berib, asab tizimini mustahkamlaydi. U stress va emotsional kasalliklarda naf beradi. Salat bargi neytral ta'mga ega bo‘lganligi bois uni ko‘plab mahsulotlar bilan birga ishlatish mumkin. Undan ko‘pincha salatlar tayyorlashda yoki ovqatlarni bezashda foydalanishadi. Ayni shu jihatlar ushbu mahsulotning eksportbopligini ta'minlamoqda, desak mubolag‘a emas.
E'tiborli jihati, “Aysberg” salat barglarini yetishtirish Chiroqchi tumanida o‘tgan yili tashkil etilgan “Big agro eksport” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yo‘lga qo‘yildi. Ushbu korxona yiliga 8 ming tonna salat barglari, brokkoli, rangli karam va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, meva-sabzavotni yetishtirish, saqlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanadi. Korxona uchun ajratilgan 194 gektar maydonning 2 gektarida ko‘chat yetishtirishga ixtisoslashgan issiqxona barpo etilishi, 4000 tonna sig‘imli sovutkich qurilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun 14 million dollar mablag‘ sarf etiladi.
Ushbu istiqbolli loyiha joriy yil oxiriga qadar to‘liq ro‘yobga chiqariladi. Natijada korxona tomonidan yiliga 6,8 million dollarlik mahsulotlar eksport qilish, 90 doimiy, 500 mavsumiy ish o‘rni yaratish imkoniyati yuzaga keladi. Bu kabi loyihalar esa Qashqadaryo viloyatining eksport salohiyatini yanada yuksaltirish, aholi farovonligini oshirish, bandlikni ta'minlashga xizmat qilishi bilan ham muhimdir.
Mavzuga oid
11:00 / 11.12.2025
Inson organlari savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruhga hukm o‘qildi
15:31 / 29.11.2025
Qashqadaryo vohasida 2300 yillik qal’a-shahar qoldiqlari topildi
08:10 / 17.11.2025
Qashqadaryo va Samarqandda noqonuniy oltin savdosi fosh etildi
08:22 / 14.11.2025