Çiroqçi tumanida fuqaroning uyidan qariyb 21 kg giyohvandlik vositasi olindi.

Rasmiy ma’lumotlarga köra, dunyo böyiça 400 milliondan ortiq şaxs giyohvandlikka ruju qöygan bölib, uşbu illat oqibatida har yili 300 mingga yaqin inson hayotdan köz yummoqda. Şu bois giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş huquq-tartibot idoralarining doimiy diqqat markazida turibdi.

Şu jumladan, Davlat xavfsizlik xizmatining Qaşqadaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan hududiy Içki işlar boşqarmasi bilan hamkorlikda Çiroqçi tumanida tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbir davomida 1981 yilda tuğilgan, muqaddam ikki marotaba sudlangan fuqaroning yaşaş xonadoni közdan keçirilganda, uç dona sintetik qopda saqlanayotgan 20 kiloyu 658 gramm marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan. Topilgan moddalar belgilangan tartibda rasmiylaştirilib, dalil aşyo sifatida olib qöyilgan.

Ma’lum qilinişiça, uşbu fuqaro giyohvandlik vositasini kelgusida sotib, oson yöl bilan daromad topiş maqsadida yetiştirgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş va boşqa harakatlar) bilan jinoyat işi qözğatilgan hamda “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Uşbu moddaning 5-qismida nazarda tutilgan jinoyat uçun 10 yildan 20 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan.