Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalar yong‘in xavfsizligiga o‘qitiladi
Vazirlar Mahkamasining 2.09.2017 yildagi 688-son “Yong‘inlar profilaktikasi kunlarini o‘tkazish va yong‘in xavfsizligi choralarini kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarori e'lon qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 23.05.2017 yildagi PQ-2992-son qarori bilan haftaning har chorshanba kuni "Yong‘inlar profilaktikasi kuni" deb e'lon qilingan, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzurida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha komissiyalar tashkil etilgan, IIV Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatiga yong‘inlar profilaktikasi kunlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha vazifalar yuklangan.
Hujjat yong‘inga qarshi xavfsizlik sohasida profilaktika va nazorat tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va boshqaruv hokimiyati organlari, boshqa tashkilot rahbarlariga topshiriqlarni o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, XTV IIV bilan birgalikda ta'lim muassasalarida majburiy fan sifatida joriy etish uchun yong‘in xavfsizligi choralarini qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va o‘rgatish bo‘yicha maxsus dasturlarni 2 oy muddatda ishlab chiqishlari hamda tasdiqlashlari kerak.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida tashkil etiladigan yosh o‘t o‘chiruvchilar drujinalari bilan ishlash uchun jamoat yo‘riqchilari tayyorlanadi. Ularning vazifasi bolalarni yong‘in xavfsizligi choralarini qo‘llashga o‘qitish, ularga kasb tanlashga ko‘maklashish, yong‘inga qarshi targ‘ibot ishlarini muntazam o‘tkazish va shu kabilardan iborat.
Mavzuga oid
14:08 / 08.01.2026
3 yoshga to‘lmagan bolasi bor onalar uchun ish vaqti qisqartiriladi
14:39 / 05.01.2026
Elektron hisobvaraq-fakturalar “past” va “yuqori” xavf toifalariga ajratiladi
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
23:12 / 01.12.2025