Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev atrofida texnikalar qabristoni, dahshat ichida qolgan jonivorlar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 38 kuni o‘tdi. Kiyev oblastidagi shaharlar ko‘chalarida rossiyalik harbiylar ketishidan keyin tinch aholi vakillarining o‘nlab jasadlari qolgan — ularning ayrimlarining qo‘li bog‘liq holatda. Human Rights Watch huquq tashkiloti xodimlari ma’lumotiga ko‘ra, Bucha shahrida kamida bitta sudsiz qatl holati qayd etilgan. Mariupol elektr, suv va gazsiz qolmoqda. Irpen aholisi o‘rmonga dafn etilmoqda. Rossiya bilan muzokaralarda Ukraina delegatsiyasiga rahbarlik qiluvchi David Araxamiyaning ma’lum qilishicha, Rossiya Kiyevning tinch yo‘l bilan tartibga solish loyihasini og‘zaki qabul qildi – Qrim bo‘yicha taklif bundan mustasno.
Mikhail Palinchak / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar. 3 aprel, urushning 39-kuni
- Kiyev yaqinidagi Bucha shahridan rossiyalik harbiylar ketgach, tinch aholi vakillarining ko‘plab jasadlari topilmoqda. G‘arb agentliklari jurnalistlari birgina ko‘chaning o‘zida fuqarolik kiyimidagi 20 nafarga yaqin erkakning jasadlarini aniqlashgan. Bucha meri Anatoliy Fedoruk Frans press agentligi muxbiri bilan suhbatda «280 kishi birodarlik qabristonlariga ko‘milgani» haqida xabar berdi.
- Human Rights Watch Buchada harbiy jinoyat sodir etilgani bo‘yicha dalillar borligini ma’lum qilgan. Rossiya mudofaa vazirligi ushbu shahardagi vaziyat bo‘yicha izoh bermagan.
- Ukraina mudofaa vazirligi Kiyev oblasti hududida rossiyalik harbiylar qolmagani haqida ma’lum qildi.
- Tongda Odessada davomli portlashlar kuzatildi, mahalliy rasmiylar shaharning bir necha rayonlarida yong‘inlar yuzaga kelganini xabar qilgan. Rossiya mudofaa vazirligi shahardagi neft saqlanuvchi bazalarga raketa zarbalari berilganini tasdiqlagan.
- Britaniya mudofaa vazirligi Ukraina janubi-sharqida Rossiya aviatsiyasi faollashgani haqida xabar bergan, Ukraina bosh shtabi esa yakshanbaga o‘tar kechasi Rossiya raketa zarbalari yo‘llanishi kamayganini ma’lum qilgan.
- Mariupolda litvalik kinodokumentalist Mantas Kvedaravichyus halok bo‘lgan.
- Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bosib olingan shaharlarda norozilik aksiyalari o‘tkazayotgan ukrainlarga minnatdorchilik bildirdi.
- Kiyev oblasti rasmiylari uyga qaytishga shoshilmaslikka chaqirmoqda – minalarni zararlantirish ishlari olib borilmoqda.
Quyida so‘nggi kunlarda Ukrainada olingan eng ta’sirli suratlar.
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Foto: Sergey Bobilev / TASS
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA
Sergei Supinsky / EPA / Scanpix / LETA
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Rodrigo Abd / AP / Scanpix / LETA
Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETA
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Ronaldo Schemidt / AFP / Scanpix / LETA
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
. (AP Photo/Vadim Ghirda) / Scanpix / LETA
(AP Photo/Vadim Ghirda) / Scanpix / LETA
REUTERS/Zohra Bensemra / Scanpix / LETA
Mikhail Palinchak / Reuters / Scanpix / LETA
Foto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Foto: EPA / Scanpix / LETA
Sergey Bobilev / TASS
Mavzuga oid
16:09 / 29.08.2025
Kiyevga Rossiya zarbasi oqibatlari – fotosuratlar
15:57 / 18.08.2025
Vashingtondagi uchrashuv arafasida Rossiya Xarkivga zarba berdi – fotosuratlar
17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar
13:53 / 30.12.2024