Jamiyat | 11:22 / 12.07.2025
3977
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda kadastr filiali bosh mutaxassisi ushlandi

G‘ijduvon tumanida 5 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilgan kadastr filiali bosh mutaxassisi qo‘lga olindi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning G‘ijduvon tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, Davlat kadastrlari palatasi G‘ijduvon tumani filiali shu’ba bosh mutaxassisi A.I. fuqaro O‘.J.ga “Bobur” MFY hududidagi 5 sotix yer maydoni go‘yoki tuman hokimligi zaxirasida turganini aytib, ushbu yer maydonini 4 000 AQSh dollari evaziga uning nomiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini va’da qilib, oldindan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid