Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yetti xazinaning biri: parrandachilik ortidan daromad ko‘rayotgan oila
Farg‘ona viloyati Toshloq tumani Xamrak qishlog‘ida yashovchi Mirzaali Zokirov o‘z uyida parrandachilik bilan shug‘ullanib, tuxum yetishtiradi. U turli tovuq zotlarini parvarish qilib ancha tajriba orttirgan.
10 yildan beri tovuq parvarish qilib kelayotgan Mirzaali Zokirov kuni-kecha Germaniyadan lomann sendi zotli tovuqlaridan ham keltirib, kataklarga joylabdi.
«Parrandachilikda vaqti-vaqti bilan parrandalar yangilanib turilishi kerak. Xudo xohlasa, ikki yil davomida yangi kirib kelgan tovuqlarning tuxumini sotib daromadini olamiz.

Hozirda 1100 bosh tovug‘imiz bor. O‘zimizning Toshloq bozori, Xamrak qishlog‘idagi do‘konlarni tuxum bilan ta’minlayapmiz. 1100 bosh tovuqlarning 80–90 foizi tuxum beradi. Bu kuniga 800–900 dona tuxum degani. Kuniga 600 ming so‘mgacha tuxum sotamiz.
Tovuqlar bir kunda 400 ming so‘mlik, 7 xil yem yeydi. Bitta tovuq bir kunda 180 gramm, mingta tovuq 180 kilogramm yem yeydi. 1 kilo yemning narxi ayni paytda 4000 so‘mga boryapti.

Bundan avval lomann dekalb tovuqlarini parvarishlagan edik. Shu davrgacha 3-4 xil: lomann nik, lomann braun zotli tovuqlarni parvarish qilib ko‘rdik. Parrandani har 2 yilda almashtirib turamiz. Ular sotilgunicha, vaqtdan yutish va sotilgan parranda o‘rnini to‘ldirish uchun bir kunlik jo‘ja boqib olamiz. Ular tuxumga kirganida almashtiramiz.
Tovuqlar ikki yil deganda tuxumdan qoladi. Orada bir oy dam olib tovuqlarni yana yangilaymiz», – deydi parrandachi fermer Mirzaali Zokirov.

Parrandachi fermerning ta’kidlashicha, lomann dekalb zotli tovuqlar sertuxum bo‘lar ekan. Mirzaali Zokirov yaqin kelajakda tovuqlari sonini yanada ko‘paytirmoqchi. Yangi ish o‘rinlari yaratishni maqsad qilgan.

U Parrandachilikka ixtisoslashgan kooperatsiya yo‘nalishidagi oilaviy korxonaga tuxum va parranda taqdim etish bilan mahalladagi kam ta’minlangan oilalarga ko‘mak bermoqchi.
Sarvar Ziyayev, Kun.uz muxbiri.
Montaj ustasi: Jahongir Aliboyev.
Mavzuga oid
13:54 / 16.01.2026
Farg‘onada 14 yoshli qiz bir necha shaxs tomonidan zo‘rlandi
17:27 / 09.01.2026
Respublika bo‘yicha navbatchilikka chiqqan o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi – manba
11:14 / 09.01.2026
Farg‘onada chegara-bojxona postida giyohvandlik vositalari qo‘lga olindi
08:39 / 06.01.2026