Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh kompaniyasi O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi aktivlarini boshqaradi
O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi va Franklin Templeton Asset Management MChJ XK o‘rtasida investitsiya aktivlarini boshqarish bo‘yicha ishonchli boshqaruv shartnomasi imzolandi.
Foto: Depositphotos
Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berishicha, mazkur shartnoma O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va xalqaro investorlarni jalb etish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Shartnomaga ko‘ra, Franklin Templeton jamg‘armaga tegishli bo‘lgan 18 ta davlat korxonasi va tijorat banklari aksiyalaridan iborat investitsion portfelni boshqarib, ularning investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan transformatsiya dasturlarini amalga oshiradi.
Mazkur transformatsiya dasturlari amalga oshirilgandan so‘ng jamg‘arma hamda uning boshqaruvidagi korxonalar va banklar aksiyalari mahalliy va xalqaro fond birjalariga olib chiqiladi.
Buning uchun, Franklin Templeton tomonidan jamg‘armaga tegishli davlat korxonalari va tijorat banklari strategiyalarini qayta ko‘rib chiqish, ularda korporativ boshqaruv tizimi, moliyaviy samaradorligi, ichki audit va risklarni boshqarish tizimini jahon standartlariga moslashtirish, xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan transformatsiya dasturlari amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
18:08 / 22.11.2025
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi
21:08 / 07.11.2025
O‘zbekistonliklar uchun dollarda pul jamg‘arish qanchalik foydali?
13:50 / 09.10.2025
"Sog‘lom avlod uchun" jamg‘armasi faoliyati bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi
09:10 / 23.09.2025