Özbekiston Milliy investitsiya jamğarmasi (UzNIF) mahalliy va xalqaro fond bozorlarida IPO ötkaziş niyatini tasdiqladi. Bu haqda Kun.uz'ga taqdim etilgan press-relizda söz boradi.

Dual listing doirasida Toşkent fond birjasida çakana va institutsional investorlarga kompaniyaning oddiy aksiyalari, London fond birjasida esa muayyan institutsional investorlar uçun GDR'lar taklif etiladi.

Ma’lum qilinişiça, BlackRock, Franklin Templeton, Redwheel boşqaruvidagi ayrim fondlar va hisobvaraqlar hamda Allan & Gill Gray Foundation'ning töliq egaligidagi ikkita ğaznaçilik kompaniyasi bilan jami taxminan 300 mln dollar miqdoridagi GDR'larga yakuniy taklif narxida obuna böliş böyiça odatdagi şartlarga muvofiq tayanç (“cornerstone”) kelişuvlar tuzilgan.

  • BlackRock (AQŞ) – jahondagi eng yirik aktivlar boşqaruvçisi. Dunyo böylab uşbu kompaniya boşqaruvidagi aktivlar qiymati 12,5 trillion dollardan oşadi. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev BlackRock katta boşqaruvçi direktori Adebayo Ogunlesi bilan sönggi bir yilda uç marta uçraşuv ötkazdi.
  • Franklin Templeton (AQŞ) va Redweel (Britaniya) ham yirik investitsiya kompaniyalari bölib, ularning özbek aksiyalariga kirişi – boşqa investorlarning işonçi uçun muhim ahamiyatga ega.

Yakuniy narx, sotiladigan GDR'lar va aksiyalar soni bukbildingdan keyin belgilanadi va 2026 yil may oyi örtalarida e’lon qilinişi kutilmoqda.

Aksiyalarning birjaga joylanişi – narx va taklif hajmi e’lon qilinganidan keyin “qisqa muddat içida” röy beradi.

UzNIF'ni 2025 yil may oyidan buyon Franklin Templeton (AQŞ) kompaniyasining şu’basi boşqarib kelmoqda. Kompaniyaning Markaziy Osiyo böyiça boş ijroçi direktori Marius Dan mazkur IPO Özbekistondan birinçi xalqaro aksiyadorlik taklifi bölişini qayd etdi.

“UzNIF IPÖsi Özbekiston kapital bozorlari uçun ham, keng doiradagi investorlar uçun Markaziy Osiyoning eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotlaridan biriga kiriş imkonini taqdim etişga möljallangan investitsiya platformasi sifatida UzNIF uçun ham muhim bosqiç hisoblanadi. Uşbu IPO Özbekistondan ilk xalqaro aksiyadorlik taklifi böladi, bu esa mamlakatning islohotlar dasturi doirasida erişgan sezilarli yutuqlarini, barqaror iqtisodiy ösişini, jadal transformatsiyasini hamda xalqaro investorlar uçun tobora jozibador bölib borayotganini tasdiqlaydi”,