Erdo‘g‘an nima uchun O‘zbekistonga katta delegatsiya yo‘l olgani sababini ma'lum qildi

Foto: Haksöz Haber
Anqara va Toshkent ikki institut uchun infratuzilmani shakllantirish masalalarini ishlab chiqadi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Xalqaro Otaturk aeroportida Toshkentga parvozi oldidan jurnalistlarga shunday bayonot berdi.
Erdo‘g‘an tashrif doirasida Toshkentda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi, Oliy Majlisga murojaat qilishi va ikki mamlakatning yetakchi banklari hamda kompaniyalari rahbarlarining biznes-forumida ishtirok etishini ma'lum qildi.
Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u 1 may kuni ko‘hna Buxoroga borib, Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan qadimiy shaharni ziyorat qiladi.
"Buxoroga tashrif katta ahamiyatga ega. Turkiya O‘zbekistonda Imom Al-Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Moturudiy nomidagi islom tadqiqotlari markazini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu masalani o‘zbek hamkasbim bilan muhokama qilganmiz va tegishli kelishuvga erishganmiz. Tashrif davomida barcha masalalar ishlab chiqiladi. Aynan shuning uchun ham O‘zbekistonga katta delegatsiya yo‘l olmoqda", - dedi prezident.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonga tashrif ikki mamlakat munosabatlariga yangicha nafas bag‘ishlaydi.
Turkiya davlati rahbari shuningdek O‘zbekistonga tashrifidan so‘ng Seulga parvoz qilishi, u yerda 2 may kuni Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan birga-bir va kengaytirilgan formatda uchrashuvlar o‘tkazishini qo‘shimcha qildi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi
O‘zbekiston | 11:32
-
Misr O‘zbekistonda sport kiyimlarini ishlab chiqarishi mumkin
O‘zbekiston | 11:11
-
Rasmiylar: Ukraina dronlari Rossiyaning Krasnodar o‘lkasiga hujum qildi
Jahon | 11:07
-
Mer: Xarkivga uchuvchisiz uchoqlar hujum qildi
Jahon | 10:10
Mavzuga oid

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

11:09 / 28.04.2025
“Farzandlarimiz turk erkaklari quchog‘ida qolmoqda” – Turkiyadagi o‘zbek xotin-qizlari taqdiri haqida suhbat

15:56 / 15.04.2025
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda

10:49 / 14.04.2025