Qog‘oz qayiq kabi yig‘iladigan original origami-qayiq
Usti berk qayiqlar bir vaqtlar Arktika aholisi tomonidan suv ustida tez va manyovr vositasi sifatida o‘ylab topilgan edi. Biroq qayiqlarning zamonaviy turlari butun dunyoda muvaffaqiyatli tarzda qo‘llanilmoqda. Ular asosan suv turizmida ishlatiladi.
Yengilligiga qaramay, manyovr ko‘rsatish va boshqa afzalliklar katta ahamiyatga ega hamda maxsus yetkazishni talab etadi. Biroq amerikalik dizayner Anton Uillis (Anton Willis) sayyohlarni bu muammodan xalos etishga qaror qildi va Oru Kayak qayig‘ini yaratdi. U avtomobil yukxonasiga ham, hatto orqa o‘rindiqqa ham joylashadi.
O‘zingiz ko‘rib turganingizdek, bu kabi qayiqni yaratish g‘oyasini dizayner yapon san'ati — origamidan oldi. Anton Uillis tomonidan yaratilgan qayiq oson yig‘iladi va maxsus g‘ilofga joylanadi. Biroq bu kabi yig‘iladigan model konstruksiyaning mustahkamligiga ta'sir qilmadi. Origami-qayiq muayyan chiziqlar bo‘yicha buklanadigan maxsus gofro plastikdan tayyorlangan. Plastikka qo‘shimcha aksessuarlar mustahkamlanadi, qayiq esa bir necha daqiqada suzishga tayyor bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:04 / 04.12.2024
Uber Hindistonda suv taksisi xizmatini ishga tushirdi
10:50 / 04.12.2024
Olimlar spirtdan yonilg‘i oladigan mini-robotlarni ixtiro qildi
09:18 / 27.11.2024
Kimyogarlar terini quyoshdan himoya qilishning yangi usulini topdi
18:17 / 23.11.2024