General Electric kompaniyasining Handyman  gidromexanik robot manipulyatori
Foto: Getty Images 

Sönggi 150 yilda bu kompaniyalar sanoat inqiloblari, jahon uruşlari va katta texnologik burilişlarni boşdan keçirib, özini yangilab keldi. Ular telegraf simlaridan — optik tolaga, qoğoz fabrikalaridan — 5G tarmoqlariga, perfokartalardan esa — kvant kompyuterlarigaça bölgan yölni bosib ötdi. Bu innovatsiya amalda qanday yuz berişini oçib beradi.

Quyida hali ham faoliyat yuritayotgan eng qadimgi 7 texnologik kompaniya keltiriladi.

BT Group

BT tarixi 1846 yilda Buyuk Britaniyada birinçi ommaviy telegraf tarmoğini quriş uçun taşkil etilgan Electric Telegraph Company'dan boşlanadi. Şu sabab BT aloqa sohasidagi eng qadimgi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Keyingi asr davomida telegraf tizimi General Post Office bilan birlaşgan, keyin esa qayta taşkil etilib, British Telecom va hozirgi BT Group'ga aylangan.

XX–XXI asrlarda BT statsionar telefon aloqasidan keng polosali internet, mobil aloqa, korporativ tarmoqlar va kiberxavfsizlikka ötdi. Bugun kompaniya Buyuk Britaniyada mis va optik tolali tarmoqlarning katta qismini boşqaradigan Openreach bölinmasiga ega. BT evolyutsiyasi — telegraf ustunlaridan tortib, yirik optik infratuzilma loyihalarini boşqarişgaça aloqa texnologiyalari tarixini aks ettiradi.

Siemens

Siemens 1847 yil oktyabrda Berlinda Verner fon Simens va uning hamkori Iogann Georg Xalske tomonidan elektr telegraflarini quriş va ekspluatatsiya qiliş uçun Telegraphen-Bauanstalt von Siemens & Halske nomi bilan taşkil etilgan. Uzoq masofali telegrafiya va elektrotexnikadagi ilk muvaffaqiyatlar kompaniya faoliyatini tezda Yevropa böylab kengaytirgan. Sanoatlaşuv davrida Siemens generatorlar, tortiş uskunalari va sanoat texnikasi işlab çiqarişga ötdi.

Qariyb ikki asr davomida kompaniya tibbiy vizualizatsiya, avtomatlaştiriş, temiryöl tizimlari va energetika texnologiyalarigaça kengaydi. Bugun Siemens elektrlaştiriş va raqamlaştiriş kesişmasida turibdi: XIX asr telegraf işlab çiqaruvçisidan XXI asr muhandislik-dasturiy guruhiga aylanib, Industry 4.0 va tibbiy diagnostika loyihalarida faol iştirok etmoqda.

Corning