Qayd etilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 9 apreldagi 160-son qarori bilan “Intellektual faoliyat böyiça tanlovlarni ötkaziş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlangan.

Mazkur nizom intellektual faoliyat sohasida tanlovlarni taşkil etiş, ötkaziş, iştirokçilarni baholaş hamda ğoliblarni taqdirlaş tartibini belgilaydi.

Tanlovlar quyidagi nominatsiyalar böyiça ötkaziladi:

– eng yaxşi ixtiro;
– eng yaxşi foydali model;
– eng yaxşi sanoat namunasi;
– eng yaxşi elektron hisoblaş maşinasi uçun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazasi;
– eng yaxşi seleksiya yutuği.

Belgilanişiça, tanlovlar ikki bosqiçda taşkil etiladi: dastlab hududiy bosqiç, söngra respublika miqyosidagi final bosqiçi ötkaziladi.

Taşkilotçilar har yili 1 mayga qadar tanlov şartlari va baholaş mezonlarini tasdiqlab, öz rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qiladi.

Tanlovning respublika bosqiçi ğoliblari BHMning 150 baravarigaça, ikkinçi va uçinçi örin sohiblari esa mos ravişda 125 va 100 baravari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.