1) Mikrotölqinli peç (1946)

Oşxonada eng köp uçraydigan qurilmalardan biri mutlaqo tasodifan ixtiro qilingan.

Ikkinçi jahon uruşi davrida radiolokatsiya texnologiyalarining rivojlanişi jang harakatlari tabiatini tubdan özgartirib, duşmanni aniqlaş samaradorligini oşirdi. 1946 yili Raytheon kompaniyasi muhandisi Persi Spenser şu sohada tadqiqot olib borayotganida hayrat bilan şunga guvoh böldiki, çöntagidagi şokolad batonçigi… erib ketgan edi. Mana şu ğalati kuzatuv mikrotölqinli peç yaratilişiga olib keldi. Bugun millionlab odamlar uni ovqatni tez isitiş va taom tayyorlaş uçun — tinç maqsadlarda qöllaydi, bu maqsadlar esa texnologiyaning özi ilk bor qanday vayronkor vazifalar uçun yaratilganidan juda uzoq.

2) Internet va ARPANET (1969–1986)

1962 yili AQŞ Mudofaa vazirligining Istiqbolli mudofaa tadqiqotlari agentligi (DARPA) yadroviy hujum şaroitida ham harbiy kompyuterlarni işonçli boğlay oladigan aloqa tizimi ustida işlagan. Şu sa’y-harakatlar natijasida 1969 yili ARPANET tarmoği işga tuşdi. Keyingi yigirma yilda olimlar tizimni rivojlantirib, domen nomlari tizimini (.com va boşqalar) yaratdi, söng uni bosqiçma-bosqiç fuqarolik maqsadlarida işlatişga ötdi.

1986 yilga kelib tijoratlaştiriş boşlandi va bugun internetdan butun dunyo böylab uç milliarddan ortiq inson foydalanadi. Ijtimoiy tarmoqlar, elektron savdo, striming servislar va onlayn ta’lim inson hayotini tubdan özgartirdi hamda sanoqsiz daromad manbalarini yaratdi.

3) GPS — global pozitsiyalaş tizimi (1978–1983)

Sovuq uruş davrida amerikalik olimlar sovet “Sputnik” sun’iy yöldoşining radiosignallarini kuzatiş orqali uning joylaşuvini aniqlaş mumkinligini kaşf qildi. Bu kaşfiyot AQŞ armiyasiga — quruqlik qöşinlari, Harbiy-dengiz kuçlari va Harbiy-havo kuçlariga 1978 yilga kelib sun’iy yöldoşlarga tayangan global navigatsiya tizimini yaratiş imkonini berdi.

Dastlab Pentagon 24 ta sun’iy yöldoşdan iborat tarmoqni faqat mudofaa maqsadlarida joriy etgan. Buriliş nuqtasi esa prezident Ronald Reygan Korean Air Lines 007 reysi bilan boğliq hodisadan keyin GPS’ni fuqarolik foydalanişi uçun oçişga qaror qilgani böldi.

Bugun GPS xarita servislari, ijtimoiy tarmoqlar, öyinlar va fitnes ilovalarining asosida turib, qiymati milliardlab dollarga teng butun boşli sohalarni şakllantirmoqda.