Jamiyat | 12:46 / 17.05.2017
14257
1 daqiqa o‘qiladi

“Maftuningman-2” badiiy filmi O‘zbekiston bo‘ylab suratga olinadi

Dono Productions kinokompaniyasi navbatdagi yirik kino loyihaga qo‘l urdi. Joriy yilning 12 mayidan ishchi nomi “Maftuningman-2” bo‘lgan filmni suratga olish ishlari boshlandi.

2016 yilning yoz oylarida “Maftuningman-2” filmiga kasting e'lon qilingan va aktyorlar tanlovi butun mamlakat bo‘ylab, har bir viloyat markazida tashkil etilgan edi. Kastingda jami 2 000 nafar nomzod qatnashgan.

Kasting o‘tkazilgani haqida axborot lavhalari:

Aktyorlik mahoratini isbotlay olgan nomzodlar filmda ishtirok etmoqda. Suratga olish ishlari respublika bo‘ylab amalga oshiriladi.

Postanovkachi rejissyor – Abduvohid G‘aniyev.

Quyida 12-17 may kunlari Boysunda bo‘lib o‘tgan suratga olish jarayonlaridan kadrlar havola etilmoqda.

Mavzuga oid