O‘zbekistonda bog‘cha, maktab va OTMlar faoliyati to‘xtaganiga ikki haftadan oshdi, bir haftadan buyon to‘y-hashamlar va boshqa oilaviy marosimlar o‘tkazilmayapti.

Karantinni mazmunli o‘tkazishning yo‘llari ko‘p: kitob o‘qish, kinofilm tomosha qilish va boshqa foydali mashg‘ulotlar bilan band bo‘lish mumkin.

Kun.uz muxbiri Oliy Majlis va Hukumatning bir qancha a'zolari bilan bog‘lanib, ular tavsiya etadigan badiiy asarlar, kinofilmlar va foydali mashg‘ulotlar bilan qiziqdi.

O‘ylaymizki, ushbu tavsiyalar sizga ham kunlaringizni maroqli o‘tkazishga yordam beradi.

Tanzila Norboyeva, Oliy Majlis Senati Raisi

Sevib o‘qiydigan badiiy asarlari:

«Muqaddima» – Ibn Xaldun

«Martin Iden» – Jyek London

«O‘tgan kunlar» – Abdulla Qodiriy

Sevimli kinofilmlari:

«Parazitlar» – Pon Chjun Xo

«Yuqtirish» – Stiven Soderberg

«Berlin-Oqqo‘rg‘on» – Zulfiqor Musoqov

Tavsiya qiladigan mashg‘ulotlari: Onlayn-kurslar, masalan, Harvard universiteti turli yo‘nalishlardagi keng qamrovli bepul kurslarni taqdim etmoqda.
 

Nurdinjon Ismoilov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri

Sevib o‘qiydigan badiiy asarlari:

Bolalar uchun: «Sariq devni minib» – Xudoyberdi To‘xtaboyev

O‘rta yoshlilar uchun: «Kecha va kunduz» – Cho‘lpon (Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li)