Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda 1 gektar yerni 5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida hokimlik zaxirasidagi maydondan 1 gektar yerni issiqxona qurish uchun olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda DXX viloyat boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda «yer sotayotgan» firibgar qo‘lga olingan.
Ma'lum bo‘lishicha, Sharof Rashidov tumani Saroylik mahallasida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan shaxs, 1979 yilda tug‘ilgan boshqa bir shaxsning ishonchiga kirib, tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan maydondan issiqxona qurish uchun 1 gektar yer maydonini olib berishni va'da berib, undan 5 ming dollarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
19:17 / 15.02.2026
Misr kompaniyasi Jizzaxda ikkita shakar zavodi quradi
15:21 / 14.02.2026