Jizzax viloyati Mirzaçöl tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği örinbosari tuman markazida joylaşgan umumiy ovqatlaniş maskanida ötkazilgan tekşiruv çoğida yonğin xavfsizligi talablari böyiça aniqlangan kamçiliklar yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirgan.

Ma’lum qilinişiça, u mazkur holatni “yopib qöymaslik” va töplangan hujjatlarni sudga yubormaslik evaziga 3 million söm talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda mansabdor şaxs pul mablağini umumiy ovqatlaniş maskani rahbaridan olgan vaqtida uşlandi.

Holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan bölib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fuqarolardan bunday qonunbuziliş holatlariga duç kelganda Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga murojaat qiliş söraldi. Şaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi kafolatlanişi ta’kidlandi.