Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sooronbay Jeenbekov: “Odamlarni ko‘chalariga olib chiqib, hokimiyatga bosim o‘tkazaman deganlar xato qiladi”
Qirg‘iziston prezidenti mamlakat parlamenti yig‘ilishida chiqish qilar ekan, “Har qanday ultimatumlar tili rad etilishi”ni ma'lum qilgan. Bu haqda 24.kg xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, korrupsiyalashgan shaxslarning sabotaj qilishi va ayrim siyosiy kuchlarning aks ta'sir qilish holatlari uchramoqda.
“Uyushgan va mafiyalashgan jinoiy to‘daning korrupsion qilmishlari mamlakatimizga ulkan ziyon yetkazib kelgan. Endi har qanday ultimatumlar tili rad etiladi. Har qanday masala huquqiy maydonda hal etiladi. Odamlarni mamlakat ko‘chalariga haydab olib chiqib, hokimiyatga bosim o‘tkazaman, deb o‘ylaganlar xato qiladi”, — degan Sooronbay Jeenbekov.
Jeenbekovning qo‘shimcha qilishicha, u ma'lum bir doira odamlariga ularning manfaatlariga xizmat qilish va o‘g‘riliklarini berkitib yurish bo‘yicha va'da bermagan.
“Har qanday tuhmat menga ta'sir qilmaydi. Mening siyosiy maydondagi barcha xatti-harakatlarim iflos niyatlar va ishlar bilan bulg‘anmagan”, — degan Sooronbay Jeenbekov.
Jeenbekov xalq fitnalarga uchmasligiga ishonchi komil ekanligini ham aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda jamiyat bir qadar siyosiylashgan.
“Siyosiy partiyalar ma'lum bir harakatlarni qo‘llashmoqda. Bu dono xalqimiz birlikni istayotganini yana bir bor isbotlaydi. Xalq tinchlikni yuqori qadrlaydi va fitnalarga uchmasligini isbotlab bo‘ldi”, — degan Sooronbay Jeenbekov.
Qirg‘iziston davlat rahbari hokimiyat qo‘l qovushtirmasdan ishlashi lozimligini ta'kidlab o‘tgan.
“Biz va'da qilingan dasturlarning bajarilishi ustida ishlamoqdamiz. Rossiya bilan muzokaralar natijasida vatandoshlarimizni qiynayotgan bir qator muammolar hal etildi. Endi hukumat bu kelishuvlarni amalga oshirishi lozim. Turkiya bilan ham o‘zaro tushunishga erishdik. Xitoy bilan muzokaralar olib borildi. Bu yil ShHT va KXShT sammitlari o‘tkaziladi”, — deya qayd etgan Sooronbay Jeenbekov.
Mavzuga oid
20:56 / 16.01.2026
Qirg‘izistonda telekanallarga rus tilidagi kontent namoyishi qisman cheklandi
19:20 / 12.01.2026
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
15:22 / 07.01.2026