Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona shahri markazida gaz chiqishi ulkan olovni keltirib chiqardi
17 dekabr kuni Farg‘ona shahri markazidagi Kalininskiy dahasida avtomobillarga benzin va propan quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi. Voqea guvohlari Kun.uz'ga taqdim etgan videodan ko‘rinishicha, portlashdan keyin atrofga tarqalgan alanga olib, bir necha soniyaga butun chorrahani olov qoplab olgan.
Videodan kadr
Voqea guvohlari Kun.uz'ga taqdim etgan videodan ko‘rinishicha, portlashdan keyin atrofga tarqalgan gaz alanga olib, bir necha soniyaga butun chorrahani olov qoplab olgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat AYoQShda sodir bo‘lganini tasdiqladi.
“Farg‘ona shahrida sodir bo‘lgan yong‘inni qurshab olib, uni o‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda. Vahimaga hojat yo‘q, hammasi nazorat ostida”, – deyiladi viloyat FVB bayonotida.
Mavzuga oid
13:42 / 23.04.2026
"Javobgarlar qochib qolishdi" – Farg‘ona sitida tok urgan bolaning ahvoli o‘nglanmayapti
09:14 / 23.04.2026
Kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan 24 kg gashish ushlandi
08:53 / 18.04.2026
Chegara hududida qariyb 55 kilogramm giyohvand modda musodara qilindi
13:45 / 17.04.2026