Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan içki işlar va bojxona idoralari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, oldindan kuzatuvga olingan şaxs qölga olindi. Aniqlanişiça, Marğilon şahrida yaşovçi, 1973 yilda tuğilgan va muqaddam narkojinoyat sodir etganligi uçun sudlangan şaxs özining qirğizistonlik tanişlari tomonidan Xöjaobod tumanidagi xufiya joyga yaşirib ketilgan 24 kg 475 gramm “gaşiş” moddasini qabul qilib olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi hamda 25,273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş) 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllandi.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda, jinoiy şeriklarning şaxsiga aniqlik kiritilmoqda.
Fuqarolarga şu kabi qonunbuziliş holatlariga duç kelganda Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga murojaat qiliş tavsiya etildi. Şaxs sir saqlanişi kafolatlanadi.








