O‘zbekiston | 13:21 / 23.12.2019
5978
2 daqiqa o‘qiladi

Akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 6 mlrd so‘mlik budjet ssudasi ajratiladi

Foto: uzakusherstvo.uz

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 6 mlrd so‘mlik budjet ssudasi ajratiladi. Bu haqdagi tegishli hujjat jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, hujjat respublikada aholiga ko‘rsatilayotgan akusherlik va ginekologiya xizmatini yanada takomillashtirish va rivojlantirish, aholiga yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining kreditor qarzdorligi va ish haqidan qarzdorlikni so‘ndirishni moliyalashtirish maqsadida Markazga 1 yil muddatga yillik 2 foiz stavka bo‘yicha 6,0 mlrd so‘mlik budjet ssudasi ajratilishini ta'minlaydi.

Markaz:

budjet ssudasidan belgilangan maqsadlarda foydalanilishini;

budjet ssudasini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ushbu hujjatning 1 - bandida belgilangan muddatda to‘liq qaytarilishini ta'minlaydi.

Hujjatning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A. Abduhakimov va O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – moliya vaziri J. Qo‘chqorov zimmasiga yuklanishi mo‘ljallangan.

Mavzuga oid