Hukumat qarori bilan 2025 yil 15 maydan «Work and travel» (Iş va sayohat) xalqaro dasturlari doirasida işlaş va sayohat qiliş uçun xorijiy davlatlarga boriş va keliş hamda boşqa xarajatlarni qoplaş maqsadida talaba yoşlarga ssuda (qaytariş şarti bilan beriladigan foizsiz qarz) ajratiş tartibi joriy etiladi.

Mazkur davlatlarga Yevropa Ittifoqi, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQŞ, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya kiritilgan.

Har yili 2 ming nafargaça talaba yoşlarga BHM 40 baravari miqdorida ssuda ajratiladi (hozir 15 million söm). Ssuda ajratiş haqidagi arizalar davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

Ariza beruvçi quyidagi xujjatlarni ilova qiladi:

  • xorijiy davlatdagi iş beruvçi bilan ariza beruvçi örtasida tuzilgan mehnat şartnomasi;
  • ariza beruvçi tomonidan ssuda qaytarilmaganda, uşbu mablağlarni qaytariş majburiyatini öz zimmasiga oluvçi kafil jismoniy şaxsning sönggi 12 oylik iş haqi töğrisida ma’lumot va qarz şartnomasi böyiça kafil bölişga rozilik arizasi (agar mavjud bölsa);
  • viza.

Talaba ajratilgan ssudani xorijiy davlatdan kelganidan söng 1 oy muddatda qaytariş majburiyatini oladi.

1 kalendar yil davomida 2 ming nafar ariza beruvçiga ssuda ajratiş ma’qullangandan söng ariza qabul qiliş töxtatiladi.

Ssuda ajratilgunga qadar, biroq ketma-ketligi böyiça ssuda ajratilgan ariza beruvçilardan keyin ariza topşirgan şaxslar keyingi yil uçun röyxatga qöyilmaydi hamda kelgusi yilda qaytadan murojaat qiladi.