Toshkentda tubdan yangilangan Janubiy temir yo‘l vokzali ishga tushadi
Toshkent shahridagi «Toshkent–Janubiy» temir yo‘l vokzali tubdan ta'mirlandi.
Vokzal binosi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 940-f sonli Qaroriga asosan 2017-2018 yillarda tubdan rekonstruksiya qilindi. Rekonstruksiya jarayonida zamonaviy arxitektura talablariga muvofiq tasdiqlangan loyiha hujjatlar asosida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Yuqori darajadagi servis xizmatlari ko‘rsatish zali;
Zamonaviy temiryo‘l chiptaxonalari – 12 ta;
Yo‘lovchilar uchun ayvon – 300 kishilik;
Perron (uzunligi – 650 m, eni – 14 m);
Platforma – 2 ta (uzunligi 650 m, eni 10 va 8 m);
Zamonaviy fontan – 2ta (diametri 14 m);
Yoritish moslamalari: 68ta tashqi, 8ta ichki;
Televizion axborot vositalari – 20ta;
Ma'lumot ustunlari – 4ta;
24 soat davomida 11 ming nafargacha yo‘lovchilar, 17ta yo‘lovchi poyezdi kutib olinadi va jo‘natiladi, shuningdek, 3,5 mingdan ortiq yo‘l hujjatlari sotiladi;
Chiptaxona ASU «Ekspress-3» tizimli uskunalar bilan ta'minlanagan;
Elektron chiptalarni ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan;
Yo‘lovchilarga xizmat qiluvchi ishchi va xizmatchilar soni 100 nafarni tashkil etadi;
15ta ustunli havo sovutgich moslamalari bilan jihozlangan;
Bepul servis xizmatlari: Ona va bola xonasi, elektron kutubxona, WiFi internet xizmati, tibbiyot xonasi, qo‘l yuki aravachasi, nogironlar aravachasi, mobil qurilmalar uchun quvvatlantirish manbai, elektron ma'lumotlar markazi, elektron ma'lumotlar tablosi, sayyohlar zali, zamonaviy lift.
Pullik servis xizmatlari: VIP–zal, bufet, milliy sovg‘alar shoxobchasi, gazeta va jurnallar, planshet xizmati, bending-shirinliklar.
Harakatlanishi kutilyotgan yo‘lovchi poyezdlar:
Toshkent–Urganch (seshanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari);
Toshkent–Buxoro (har kuni);
Toshkent–Qo‘ng‘irot (har kuni);
Toshkent–Olot (juma va shanba kunlari);
Toshkent–Shovot (dushanba, payshanba, shanba kunlari);
Toshkent–Termiz (har kuni);
Toshkent–Sariosiyo (toq kunlari);
Andijon–Buxoro (seshanba, juma);
Andijon–Urganch (payshanba);
Andijon–Termiz (seshanba);
Shaharlararo qatnashi kutilayotgan yo‘lovchi poyezdlar:
Toshkent–Hojikent (har kuni);
Toshkent–Xovos (har kuni);
Toshkent–Bekobod (har kuni);
Toshkent–Sirdaryo (har kuni);
Toshkent–Guliston (har kuni).
«Toshkent–Janubiy» temir yo‘l vokzali 1963 yilda qurilgan bo‘lib, 1985 yilda rekonstruksiya qilingan. Umumiy maydoni 9,7 gektarni, vokzal oldi hududi esa 0,77 gektarni tashkil etgan. Vokzal binosi bir qavatli bo‘lib, oshxona, kutish zali va chiptaxonalardan iborat bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:02
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024