Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiyning maqomi, hududlar masalasi va Rossiyaning maqsadi. Lavrov NBC telekanaliga intervyu berdi
“Biz Volodimir Zelenskiyni legitim shaxs sifatida tan olmaymiz”, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.
Foto: AP
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov NBC telekanaliga intervyu berdi. U suhbat davomida Volodimir Zelenskiyning maqomi, hududlar masalasi, xavfsizlik kafolatlari va Rossiyaning maqsadlari haqida fikr bildirdi. Quyida intervyu chog‘ida aytilgan asosiy fikrlardan iqtiboslar keltirilmoqda.
“Ayni paytda Zelenskiy Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha yuridik hujjatlarni imzolaydigan legitim shaxs emas. Biz uni de-fakto rejim rahbari deb tan olamiz. U bilan shu maqomida uchrashishga tayyormiz. Ish yuridik hujjatlarni imzolashga yetib borganida imzo qo‘yadigan shaxs legitim bo‘lishi kerakligini hamma tushunishi kerak. Ukraina konstitutsiyasiga ko‘ra, hozirda Volodimir Zelenskiy legitim emas".
"Bizning maqsadlarimiz bor va ularga erishamiz. Bular Rossiya xavfsizligiga Ukraina hududidan kelib chiqadigan har qanday xavfni yo‘q qilish,o‘zini rus madaniyati va tarixiga tegishli deb biladigan etnik ruslar va rus tilida so‘zlashuvchilarning huquqlarini himoya qilish".
“Ukraina neytral, bloklardan tashqari maqomini saqlab qolishi va yadrosiz davlat bo‘lib qolishi shart”.
“Rossiyaning hududlarga qiziqishi yo‘q, Moskvani Donbass va Novorossiyada yashayotgan odamlarning taqdiri qiziqtiradi”.
“Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha Rossiya manfaatlari hisobga olinadigan yakdil kelishuv bo‘lishi kerak. Moskva bunda 2022 yildagi Istanbul muzokaralarida erishilgan kelishuvlarga asoslanish kerak deb hisoblaydi. Rossiya kollektiv xavfsizlik masalasi uning ishtirokisiz hal etilishiga rozi bo‘lmaydi”.
“Moskva hech qachon 2014 yilda sodir bo‘lgan davlat to‘ntarishidan keyin Ukraina xavfsizligini ta’minlashni zimmasiga olmagan”.
“Budapesht memorandumi bo‘yicha yuridik kafolatlar Ukrainaga hech qachon yadro quroli bilan hujum qilmaslikdan iborat”.
2022 yil yanvarda Zelenskiy Ukrainaning yadro qurolidan voz kechishini xato deb atagan va ular yana yadro quroliga ega bo‘lish haqida o‘ylab ko‘rishlari mumkinligini aytgan.
“Yevropa mamlakatlarining Alyaskadagi uchrashuvga nisbatan munosabati, keyin esa ularning Vashingtonga safari va keyingi harakatlari ular tinchlikka intilmayotganidan darak beradi”.
Mavzuga oid
09:26 / 27.12.2025
Zelenskiy: Belarus Rossiyaga Ukraina havo mudofaasini chetlab o‘tishga yordam beryapti
09:02 / 27.12.2025
Zelenskiy: 20 banddan iborat kelishuv 90 foizga tayyor
08:25 / 27.12.2025
Vashington Kiyevga 15 yillik xavfsizlik kafolatlarini taklif qilmoqda
23:38 / 26.12.2025