O‘zbekiston | 11:35 / 30.04.2020
29251
6 daqiqa o‘qiladi

Go‘sht 37 000 so‘mdan 75 000 so‘mgacha. Bozorlardagi narx-navo ma'lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi bozorlardagi narx-navo to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Foto: KUN.UZ

Qo‘mita mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 28 aprel kuni kuzatuv o‘tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 37 000 so‘mdan 60 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori» da qayd etilgan (37 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxi esa, Chirchiq shahrining «Chirchiq dehqon bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (60 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 39 000 so‘mdan 75 000 so‘mgacha (kg)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (39 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (75 000 so‘m) kuzatildi.

Kartoshka 2 500 so‘mdan 8 000 so‘mgacha (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Farg‘ona shahrining «Markaziy dehqon bozori»da qayd etilgan (2 500 so‘m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (8 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 1 200 so‘mdan 4 500 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining «Termiz shahar markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da (1 200 so‘m) ro‘yxatga olindi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori» da kuzatildi (4 500 so‘m).

Sabzi 1 000 so‘mdan 8 000 so‘mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Navoiy shahrining «Saxovat» bozori, Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori» va «Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Farg‘ona shahrining «Markaziy dehqon bozori»da (1 000 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa Samarqand shahrining «Temiryo‘l dehqon bozori»da (8 000 so‘m) kuzatildi.

Tuxum 6 000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha (10 dona)

Tuxum mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», «Temiryo‘l dehqon bozori» va «Damariq dehqon bozori»da qayd etildi (6 000 so‘m).Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da qayd etilgan (13 000 so‘m).

Guruch 4 000 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori» va Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori»da ro‘yxatga olingan («Nukus» navli guruch 4 000 so‘m). Maksimal narx esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi («Lazer» navli guruch 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 9 000 so‘mdan 14 000 so‘mgacha (litr)

O‘simlik yog‘i mahsulotlarining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», «Temiryo‘l dehqon bozori», «Damariq dehqon bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (mahalliy paxta yog‘i (9 000 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa Yangiyo‘l shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori» va Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (kungaboqar yog‘i 14 000 so‘m) kuzatildi.

Shakar 5 500 so‘mdan 6 700 so‘mgacha (kg)

Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (5 500 so‘m) qayd etildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da (6 700 so‘m) kuzatildi.

Mavzuga oid