Qo‘mita mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 28 aprel kuni kuzatuv o‘tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 37 000 so‘mdan 60 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori» da qayd etilgan (37 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxi esa, Chirchiq shahrining «Chirchiq dehqon bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (60 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 39 000 so‘mdan 75 000 so‘mgacha (kg)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (39 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (75 000 so‘m) kuzatildi.

Kartoshka 2 500 so‘mdan 8 000 so‘mgacha (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Farg‘ona shahrining «Markaziy dehqon bozori»da qayd etilgan (2 500 so‘m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (8 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 1 200 so‘mdan 4 500 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining «Termiz shahar markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da (1 200 so‘m) ro‘yxatga olindi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori» da kuzatildi (4 500 so‘m).

Sabzi 1 000 so‘mdan 8 000 so‘mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Navoiy shahrining «Saxovat» bozori, Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori» va «Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Farg‘ona shahrining «Markaziy dehqon bozori»da (1 000 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa Samarqand shahrining «Temiryo‘l dehqon bozori»da (8 000 so‘m) kuzatildi.

Tuxum 6 000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha (10 dona)