Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatining sobiq prokurori Zarbdor tumaniga prokuror etib tayinlandi
Bungacha u Xorazm va Samarqand viloyati prokurori lavozimlarida ishlagandi.
Foto: Jizzax viloyati prokuraturasi
Jizzax viloyati prokuraturasining xabar berishicha, Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Ravshan Masharipov Zarbdor tuman prokurori lavozimiga tayinlangan.
Viloyat prokurori I.Ergashxo‘jayev tomonidan R.Masharipov tuman prokuraturasi xodimlariga, IJQK departamenti va MIB tuman bo‘limi boshliqlariga, tuman sektor va huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlariga tanishtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ravshan Masharipov 2020 yil noyabr oyida Samarqand viloyati prokurori etib tayinlangandi. Ungacha esa Sirdaryo viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
Joriy yil 15 fevral kuni Masharipovning o‘rniga Jahongir Hotamov uning o‘rniga Samarqand viloyati prokurori etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda Zarbdor tumanini Qashqadaryo viloyatining sobiq hokimi Zafar Ro‘ziyev boshqarmoqda. U 2013-2019 yillar oralig‘ida Qashqadaryo viloyati hokimi bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:08 / 09.12.2025
Otasini ta’minlashdan bo‘yin tovlagan o‘g‘il 15 sutkaga qamaldi
17:31 / 04.12.2025
Past Darg‘omda cho‘chqaxona egalari havoni ifloslab kelgani aniqlandi
17:53 / 25.11.2025
Adiz Boboyev Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
14:21 / 25.11.2025