Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atambayevning Kiprda biznesi borligi aytildi, bu ma'lumot bosh prokuratura tomonidan tekshiriladi
Foto: © RIA Novosti
Qirg‘izistonda «Ata Meken» parlament fraksiyasi yetakchisi, muxolif siyosatchi O‘murbek Tekebayev mamlakat prezidenti Almazbek Atambayevning Kiprdagi ofshorlarda mulki borligi haqida ma'lumotga egaligini aytdi.
Ushbu siyosatchi yaqin vaqt ichida jamoatchilikka batafsil ma'lumotlar yetkazishini qo‘shimcha qilgan.
O‘murbek Tekebayev avval prezidentga o‘z boyligi manbalarini ochiqlashini so‘rab, murojaat qilmoqchi ekanini aytib o‘tgandi.
Keyinroq u Atambayev 2010 yildan 2015 yilgacha 6 million 18 ming som daromad qilgani, uning xarajatlari esa 34 million so‘m bo‘lganini xabar qildi.
Uning ma'lumotlari prezident apparatining axborotlar bo‘limiga kelib tushgan.
Qayd etilishicha, Almazbek Atambayev bosh prokuraturaga bu bayonotni tekshirib, tegishli choralar ko‘rishga ko‘rsatma bergan.
Bugun O‘murbek Tekebayev jurnalistlarga Kiprga uchib ketayotgani haqida ma'lum qildi. U prezidentning bu davlatda biznesi borligi haqidagi ma'lumotni tekshirib, qo‘shimcha ma'lumot yig‘moqchi ekanini ta'kidlagan.
«Kipr — shunchaki orol emas, bu ofshor hudud. Beliz uzoqda, Kipr bizga yaqin, men Kiprga yo‘l oldim va Atambayevning oilasi sirlarini fosh qilmoqchiman», degan u.
Mavzuga oid
15:14 / 09.03.2026
Kiprdagi aviabazaga hujum qilgan drondan Rossiyada chiqarilgan qismlar topildi
15:15 / 03.03.2026
Trampning e’tirozi: Britaniya Eronga zarbalar uchun bazalarini bermadi
13:43 / 02.03.2026
Kiprdagi Britaniya aviabazasi dron hujumiga uchradi
12:44 / 26.02.2026