Kiprdagi Britaniya HHKning Akrotiri aviabazasi Shahed turidagi dron zarbasiga uçradi. Hujum duşanbaga ötar keçasi, 2 mart kuni sodir bölgan. Bazaga oz miqdorda moddiy zarar yetkazilgan, deb bildirdi Kipr prezidenti Nikos Xristodulidis.

“Aniqlik kiritmoqçiman: mamlakatimiz heç qanday harbiy operatsiyalarda iştirok etmayapti va iştirok etiş niyati ham yöq”, — deya ta’kidladi u. Xristodulidis vaziyat yuzasidan boşqa Yevropa yetakçilari bilan doimiy aloqada ekanini aytdi.

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi ham Kiprdagi harbiy bazaga hujum bölganini tasdiqladi. Vazirlik ma’lumotiga köra, hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan. Şuningdek, mintaqadagi britan qöşinlarini himoya qiliş böyiça çoralar körilgani bildirildi. Qöşimça tafsilotlar keyinroq e’lon qilinişi kutilmoqda.

Avvalroq Reuters agentligi manbalarga tayanib, Akrotiri aviabazasiga ikki dron hujum qilgani, ulardan biri parvoz paytidayoq urib tuşirilgani haqida yozgan edi.

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Hili Bahrayn va Kiprdagi aviabazalardan havoga kötariladigan britan samolyotlari aniqlangan dron va raketalarni yöq qilişini bildirdi.

Isroil va Qöşma Ştatlar 28 fevral tongida Tehron va Eron hududidagi boşqa joylarga zarbalar berdi. AQŞ prezidenti Donald Tramp Islom Respublikasining yadroviy dasturini yöq qiliş niyatida ekanini bildirdi. U Eron armiyasini qurolni taşlaşga, mamlakat aholisini esa “taqdirini öz qöliga oliş”ga çaqirdi.

Eron Qizil Yarim Oy jamiyatining 1 mart tongidagi ma’lumotiga köra, zarbalar oqibatida mamlakatda 201 kişi halok bölgan, yana 747 kişi yaralangan. Eron OAV Minob şahrida qizlar maktabiga raketa tuşişi natijasida 100 nafardan ortiq kişi halok bölgani, 95 kişi yaralanganini da’vo qilmoqda. Eronning oliy rahbari Ali Xominaiy va bir qator yuqori lavozimli kuç tuzilmalari vakillari, jumladan mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda, boş ştab rahbari Abdulrahim Musaviy hamda Islom inqilobi muhofizlari korpusi qömondoni Muhammad Pakpur halok bölgani tasdiqlangan.

Eron javoban Isroil va Yaqin Şarqning boşqa davlatlari hududlariga zarbalar berdi. Isroilda favqulodda holat e’lon qilindi. 28 fevral keçqurun Tel-Avivda turar joyga raketa tuşişi oqibatida ikki ayol halok böldi. 1 mart kuni Quddus yaqinidagi Beyt-Şemeş şahrida yana bir Eron raketaci turar joy hududiga tuşib, kamida 9 kişi halok böldi, 28 kişi yaralandi.

Birlaşgan Arab Amirliklari va Kuvaytda Eron havo zarbalari oqibatida bir neça kişi halok bölgan, önlab odamlar yaralangan. Saudiya Arabistoni, Bahrayn va Qatar şaharlarida ham portlaşlar tovuşi eşitilgan.