AQŞ prezidenti Donald Tramp Britaniya boş vaziri Kir Starmerning Eronga nisbatan dastlabki zarbalarda AQŞga Britaniya infratuzilmasidan foydalanişga yöl qöymagani uçun tanqid qildi va buni “juda köngil qoldirgan” qaror sifatida baholadi. Britaniya matbuotida Starmer qarorni qabul qilişda xalqaro huquq masalasi böyiça xavotirlari ham bölgani yozildi.

Starmer esa Trampning tanqidiga javoban, uruşga aralaşmaslik böyiça birinçi qaror Britaniyaning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda qabul qilinganini, şunga qaramay AQŞga faqat “aniq va çeklangan mudofaa maqsadlari” uçun bazalardan foydalanişga ruxsat berilganini bildirdi. Britaniya hukumati bayonotida bu qaror “kollektiv özini himoya qiliş” va mintaqadagi Britaniya fuqarolari xavfsizligini ta’minlaş bilan asoslangani aytilgan.

Reuters va Britaniya manbalariga köra, Starmer Britaniya AQŞ–Isroilning Eronga bergan asosiy zarbalarda iştirok etmaganini ta’kidlagan, biroq AQŞning Eron raketalari omborlari va uçiriş uskunalariga qarşi “mudofaaviy” zarbalar uçun Britaniya bazalaridan foydalaniş iltimosini qabul qilgan.

2 martga ötar keçasi Kiprdagi Britaniyaning RAF Akrotiri aviabazasiga dron zarbasi berilgani xabar qilindi. Kipr prezidenti Nikos Xristodulidis hujum “Shahed turidagi” dron bilan amalga oşirilganini, jabrlanganlar yöqligi, zarar esa katta bölmaganini aytgan. Manbalar hujum qaysi nuqtadan uçirilgani böyiça aniq xulosa yöqligini, ayrim alomatlar uni Eronga yaqin guruhlar tomonidan amalga oşirilgan bölişi mumkinligini körsatişini qayd etgan.

Starmer Britaniyaning Kiprdagi bazalari “Amerika bombardimonçilari” tomonidan hozirça foydalanilmayotganini, ammo AQŞga çeklangan mudofaaviy vazifalar doirasida ayrim ruxsatlar berilganini parlamentda ham aytgan.