2 martga ötar keçasi Kiprdagi Britaniyaning Akrotiri aviabazasiga zarba bergan dron Rossiya harbiy texnikasi bilan jihozlangan bölgan.

“Uning bortida Rossiyada işlab çiqarilgan ‘Kometa-B’ navigatsiya tizimi bor edi — bu qurilma ilk bor dekabr oyida Ukraina havo mudofaa vositalari tomonidan tutib olingan dronlarda aniqlangan”, — deyiladi 7 mart, şanba kuni Britaniyaning The Times kundalik gazetasi saytida çop etilgan materialda.

Naşrda aytilişiça, Britaniya harbiy razvedkasi aniqlangan qismlarni keyingi tadqiqotlar uçun mamlakat içidagi laboratoriyaga yuborgan.

Hujumni Eron qöllab-quvvatlaydigan Livanning “Hizbulloh” guruhi jangarilari amalga oşirgan bölişi mumkin, deb taxmin qilinmoqda.

Ta’kidlanişiça, mazkur topilma AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşida Rossiya harbiy texnikasi qöllanganini ilk bor körsatmoqda va bu holat uşbu harbiy töqnaşuvda Moskva ta’sirining ortib borayotgani haqida xavotirlarni kuçaytirmoqda.

“Bu, Rossiya Eronga mintaqadagi Amerika kuçlariga, jumladan AQŞ harbiy kemalari va samolyotlarining joylaşuv nuqtalari böyiça hujum qilişga yordam beriş uçun razvedka ma’lumotlarini uzatayotgani haqidagi xabarlar ortidan yuz berdi”, — deb yozadi Britaniya gazetasi.

The Times qayd etişiça, hozirda Kiprga 6 mart kuni yetib kelgan ikkita Wildcat vertolyotini ham öz içiga olgan Britaniya harbiy obektlari Eron va uning Livan hamda Yamandagi tarafdorlari hujumlarining nişoniga aylanişi mumkinligi haqida xavotirlar mavjud.

7 mart kuni Britaniya Yaqin Şarqdagi harbiy imkoniyatlarini kengaytirayotganini e’lon qildi. Xususan, yaqin kunlarda HMS Prince of Wales nomli ikkinçi aviataşuvçi ham Fors körfaziga yuborilişi mumkin. Britaniya Mudofaa vazirligi bundan oldin mamlakat mintaqadagi iştirokini “kuçaytirayotganini” ta’kidlagan edi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 5 mart kuni Rossiya Eronga qurol yetkazib berayotganiga işonişini bildirdi.

“Biz ular Shahed uçun elektronika yetkazib berişi mumkinligini tuşunamiz. Menimça, buning barçasini bugun Yaqin Şarqqa zarba berayotgan Shahed parçalaridan topiş mumkin. Eronning Shahed dronlari Rossiyada işlab çiqarilgan qismlarni öz içiga oladi. Bu — biz aniq biladigan narsa,” dedi Zelenskiy.