Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Namangan tumanida yangi hokim ish boshladi
Tumanga 2021 yil aprelidan buyon rahbarlik qilgan Jobir Abdullayev ishdan olingan. Uning o‘rnini «Hududiy elektr tarmoqlari» kompaniyasining Namangan filiali direktori Adham Qoraboyev egalladi.
Foto: Namangan viloyati hokimligi
Adham Jakbaraliyevich Qoraboyev Yangi Namangan tumani hokimi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda Namangan viloyati hokimligi.
29 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat rahbari Shavkat Abdurazzoqov keyingi yillarda ushbu tumanda ishga solinmagan imkoniyatlar haqida to‘xtalib, dolzarb vazifalarni belgilab berdi.
Deputatlar Namangan viloyati hokimining Jobir Abdullayevni Yangi Namangan tumani hokimi vazifasidan ozod qilish hamda tuman kengashidagi deputatlik vakolatini muddatidan oldin soqit qilish haqidagi qarorlarini tasdiqladi.
Shuningdek, viloyat hokimining Adham Jakbaraliyevich Qoraboyevni Yangi Namangan tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarori bir ovozdan ma’qullandi.
Adham Qoraboyev 1985 yilda Namangan tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2008 yilda Namangan muhandislik- texnologiya institutining elektr energetika yo‘nalishini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2007 yilda «Elektrqishloqqurilish» OAJ 11-sonli mexanizatsiyalashgan jamlanma elektromontyorligidan boshlab, «Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJda elektromontyor, muhandis, yetakchi muhandis, Namangan tumani elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i, «Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» direktori o‘rinbosari vazifalarida faoliyat olib borgan.
Adham Qoraboyev tayinlovga qadar «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Namangan filiali bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Jobir Abdullayev 2021 yilning aprelidan buyon Yangi Namangan tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.
2022 yil dekabrida ijtimoiy tarmoqlarda Jobir Abdullayev tadbirkorni so‘kkani aks etgan audio tarqalgandi. Shundan so‘ng viloyat hokimi o‘tkazgan odob-axloq qoidalari bo‘yicha muhokama yig‘ilishida hokimga hayfsan intizomiy jazosi qo‘llangan va barcha turdagi rag‘batlantirishlardan mahrum qilingan.
Mavzuga oid
11:35 / 02.04.2026
Iste’molchilar chiqindini olib ketmagan korxonani antiqa yo‘l bilan jazoladi
21:39 / 01.04.2026
Prezident Xalq qabulxonasiga yangi boshliq tayinlandi
18:58 / 28.03.2026
Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi direktori tayinlandi
09:40 / 18.03.2026