«Bu raqibga pozitsiyalarida mustahkam o‘rnashishga imkon berish demak». Putin - Ukraina bilan sulh ehtimoli haqida
RF prezidenti Vladimir Putin Rossiyaga sulh emas, uzoq muddatli tinchlik kerakligini aytdi. U jonli muloqot chog‘ida o‘t ochishni to‘xtatishga qanchalik tayyorligi haqidagi savolga shunday javob qaytardi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda frontda Ukraina qurolli kuchlari tomonida «jangovar texnikalar, jihozlar, qurol-aslahalar, o‘q-dorilar va shaxsiy tarkib tugashi» kuzatilmoqda.
«Bugun biz maydonida mana nimalarni ko‘rmoqdamiz. Bizning armiya oldinga yurmoqda, raqib ma’lum kun, ma’lum vaqtda chekingan pozitsiyalarida o‘rnashib qololmayapti. U uyushgan holda chekinmoqda, ammo u yerda o‘rnashishga ulgurmayapti, keyingi kuni bizning yigitlar yetib bormoqda. Bir haftaga to‘xtash — bu raqibga ushbu pozitsiyalarda mustahkam o‘rnashishga imkon berish demakdir. Dam olish va zarur qurollarni, o‘q-dorilarni olish imkoniyatini berish, shaxsiy tarkibni tayyorlash nuqtayi nazaridan juda muhim», — degan Putin.
U «uzoq muddatli sulh dushmanga shu ishlar — shaxsiy tarkibni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanish imkonini berishi»ni aytadi.
«Siz ularga saflarini to‘ldirish imkonini bermoqchimisiz? Bizga sulh emas, tinchlik kerak. Uzoq muddatli, mustahkam, RF va uning fuqarolari uchun kafaolatlangan tinchlik. Bu kafolatlarni qanday ta’minlash murakkab masala, ammo umuman olganda — qidirish mumkin», — degan Putin.
RF prezidenti Vengriya bosh vaziri Viktor Orban «bir-ikki kunga» Rojdestvo sulhi tuzish va asirlarni almashishni taklif qilganini aytgan.
«Men bosh tortmadim. Umuman, o‘ylab ko‘rish kerakligini aytdim. Ammo siz ulardan [Kiyevdan] so‘rang dedim. U so‘radi. Keyingi kuni rejim rahbari hech qanday sulh, hech qanday asirlar almashuvi bo‘lmasligini aytdi», — deydi RF prezidenti.
11 dekabr kuni Viktor Orban Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga Rojdestvo munosabati bilan o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qilgani, ammo u rad javobi berganini aytgandi. «Vengriyaning Yevroittifoqdagi raisligi so‘nggida biz tinchlikka erishish uchun navbatdagi sa’y-harakatlarni amalga oshirdik. Biz rojdestvo sulhi va keng ko‘lamli asirlar almashinuvini taklif qildik. Prezident Zelenskiy buni aniq rad etgani achinarli, biz qo‘limizdan kelganini qildik», — deya yozgandi Orban X ijtimoiy tarmog‘ida.
U bu xabarni Zelenskiyning Vengriya bosh vazirining Vladimir Putin bilan telefon muloqotini tanqid qilgan postiga javoban yozgandi.
Zelenskiyning kommunikatsiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Dmitro Litvin Vengriya «odatdagidek, Ukraina bilan hech narsani muhokama qilmagani»ni aytgan. «Doimgidek, Vengriya bizni Moskva bilan kontakti to‘g‘risida xabardor qilmadi. Doimgidek, Ukraina Vengriyaga qandaydir vakillik qilish huquqini bermagan», — degandi u.
Mavzuga oid
00:02 / 22.12.2024
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024